Mantiq maydoni (11-son) » BELLASHUV.UZ
O'quvchilarga / Qiziqarli savollar

Mantiq maydoni (11-son)

Поделиться:



1. Bir qirol uch donishmand vazirlarini to‘plab ularni imtihondan o‘tkazmoqchi bo‘libdi. U vazirlarini saroyning orqasida joylashgan bog‘ga ko‘zlarini bog‘lab olib chiqibdi. U yerda ketma-ket joylashgan beshta daraxtdan uchtasi qizilga, ikkitasi sariqqa bo‘yalgan. Bu ma’lumotdan donishmandlar xabardor. 

Qirol donishmandlarni ketma-ket ilk uch daraxtga bog‘labdi. U donishmandlardan birinchisi hech bir daraxtni ko‘ra olmaydi. Ikkinchi donishmand esa faqatgina birinchi donishmand bog‘langan daraxtning rangini ko‘ra oladi. Uchinchi donishmand birinchi va ikkinchi donishmandlar bog‘langan daraxtlarning rangini ko‘ra oladi. Bu donishmandlardan hech biri o‘zi bog‘langan daraxtning rangini bilmaydi. 

Qirolning bu donishmandlardan istagi: o‘zlari bog‘langan daraxtning rangini aniqlashlari. Faqatgina donishmandlar aniq javobga ega bo‘lishsa, javob berishadi. Taxmin qilish mumkin emas.

Qirol uchinchi donishmanddan “Sen qanday rangga bo‘yalgan daraxtga bog‘langansan?” deb so‘raganda u donishmand: “Aniqlay olmadim”-, deya javob beribdi.

Xuddi shu savol o‘rtada bog‘langan donishmanddan ham so‘ralganda,  u ham: “Aniqlay olmadim”–,degan javobni beribdi. 

Shundan so‘ng uchinchi donishmanddan so‘ralganda u o‘zi qanday rangga bo‘yalgan daraxtga bog‘langanini topibdi?

a) Birinchi donishmand bog‘langan daraxt qanday rangga bo‘yalgan?

b) u buni qanday aniqladi?

 

2. 40 ni yarimga bo‘lib 10 qo‘shganda necha hosil bo‘ladi?


3. To‘rtta birdan foydalanib yozilishi mumkin bo‘lgan eng katta son nechaga teng?


4. Avaz 1 metrlik tayoqni arra yordamida 10 smlik bo‘laklarga bo‘lmoqda. Avaz 1 metrlik tayoqdan nechta 10 sm lik bo‘laklarni kesadi?


5. Payshanba kuni uchrashib qolgan dugonalardan Aziza Munisaning tug‘ilgan kuni qachon ekanligini so’radi. Azizaga Munisa tug‘ilgan kuni 72 kun oldin o‘tib ketganini aytdi. Munisaning bu yilgi tug‘ilgan kuni haftaning qaysi kuniga to‘g‘ri kelgan?



Oldingi sondagi mantiq savolning javobi:

 Mantiq maydoni (10-son)


 

o'quv quroli

meva

ichimlik

go'sht mahsuloti

sut mahsuloti

o'yinchoq

shirinlik

oshxona anjomi

Anvar

qalam

behi

pepsi

tovuq

brinza

quyoncha

kontik

sanchqi

Xurram

ruchka

banan

cola

baliq

pishloq

ayiqcha

shokolad

kapgir

Yo'lchi

chizg'ich

olma

fanta

qo'y

qaymoq

kuchukcha

keks

pichoq

Zohid

o'chirg'ich

limon

sprite

ot

sariyog'

mushukcha

napoleon

qoshiq


Календарь

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?