Hurmatli saytimiz kuzatuvchilari! “Mantiq maydoni”ning bugungi sonida an’anamizdan biroz chekindik. Avvallari siz – aziz muxlislarga bir nechta savol bilan murojaat etgan bo‘lsak, bu gal hikoyanamo savol bilan boshingizni qotirish niyatidamiz. Siz bugungi muammoni hal qilish uchun sahifamizdagi jadvalni to‘g‘ri to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
To‘rt bolakay – Anvar, Xurram, Yo‘lchi va Zohid supermarketga kirishdi. Ularga o‘quv qurollari, meva, ichimlik, shirinlik, go‘sht va sut mahsulotlari, o‘yinchoqlar hamda oshxona anjomlaridan bittadan olib kelish topshirilgan.
O‘n daqiqadan so‘ng ular savatchalarini to‘ldirib kelishdi. Ajablanarlisi shundaki, bir savatchadagi mahsulot boshqalarida uchramas edi. Quyida ana shu mahsulot nomlarini keltiramiz:
O‘quv qurollari: chizg‘ich, o‘chirg‘ich, qalam, ruchka;
Mevalar: behi, olma, limon, banan;
Ichimlik: “Pepsi”, “Sprite”, “Coca Cola”, “Fanta”;
Go‘sht mahsulotlari: baliq, ot, tovuq, qo‘y;
Sut mahsulotlari: qaymoq, pishloq, brinza, sariyog‘;
O‘yinchoq: ayiqcha, kuchukcha, mushukcha, quyoncha;
Shirinlik: shokolad, napoleon, kontik, keks;
Oshxona anjomi: qoshiq, sanchqi, kapgir, pichoq.
Biz bugun ham zukko gazetxonlarimizni mantiq minbariga taklif etamiz. Sizlardan Anvar, Xurram, Yo‘lchi va Zohid keltirgan savatchalarda nimalar joylashganligini aniqlab berish talab etiladi. Buning uchun quyidagi ma’lumotlardan foydalanishingiz va shu asosda berilgan jadvalni to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi. Demak, ma’lumotlar:
1. Yo‘lchi qo‘y va kuchuklarni yaxshi ko‘radiganga o‘xshaydi. Otasi qassob bo‘lishi ham mumkin.
2. Zohid olgan o‘quv quroli, aslida, Anvar olgan o‘quv quroli tarkibida ham mavjud.
3. Pishloq yoki ayiqcha joylashgan savatchadan “Fanta” va “Sprite”ni topib bo‘lmaydi.
4. Mashhur sarkardalardan biri mushukdan qo‘rqish kasalligiga chalingani ma’lum. Zohid bundan bexabar ko‘rinadi.
5. Xurram, aslida, ayiqcha emas, maymuncha sotib olishi kerak edi.
6. “Pepsi”ni yoqtiradigan bolakay shalpangquloqqa ham bee’tibor emas. Lekin tabaka sanchqida yeyilmasligidan bexabarga o‘xshaydi.
7. Xurramning savatchasida “sayyora”lardan biri bor. Shuningdek, unda tennischilar raketkasiga o‘xshab ketadigan buyumni ham uchratishimiz mumkin.
8. Qalam solingan savatchaning egasi shunday meva va sut mahsuloti sotib olganki, ularning nomlari bir harf bilan boshlanadi.
9. “Fanta”ni yoqtiruvchi bolakay sotib olgan o‘yinchoqning nomi Internet tarmog‘ida ko‘p qo‘llanadi.
10. Ruchka bilan pishloq bir savatchadan joy olgan.
11. Qoshiq solingan savatcha egasi millioner bo‘lishni xohlasa kerak. Har qalay u tanlagan meva shunga ishora qilganday ko‘rinyapti.
12. Ot bilan sariyog‘ – “savatdosh”.
13. Yo‘lchi keks desa, o‘zini tomdan tashlaydiganlar xilidan.
Oldingi sondagi mantiq savolining javobi:
| avto | kasbi | ovqat | film | qizi |
Asad | Epica | vrach | kabob | Hujjatli film | Lola |
Botir | Nexia | dizayner | palov | detektiv | Anora |
Doniyor | Lacetti | jurnalist | gulyash | melodramma | Aziza |
Eldor | Spark | yurist | tovuq sho'rva | komediya | Noila |