Интересное:
Oʻquvchilarning sogʻligini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlagan holda ortiqcha muloqotning oldini olish maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ayrim fanlarni oʻtish vaqtinchalik tavsiya etilmasligi haqida avvalroq xabar bergandik.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2020-yilning 28-avgustida “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 2020/2021 oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish ishlari toʻgʻrisida” oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat, shahar va tuman xalq taʼlimi boʻlimlariga anʼanaviy shaklda dars mashgʻulotlari oʻtkazilmaydigan ayrim fanlar pedagoglariga ajratilgan dars soatlari boʻyicha oylik ish haqini saqlash topshirildi.
Ushbu fan oʻqituvchilari maktabda oʻquvchilarning sogʻligini himoyalash bilan bogʻliq boshqa tadbirlarga jalb etilishi belgilandi. Oʻquv yili boshlangunga qadar boʻlgan davr uchun muassasaning pedagog va boshqa xodimlariga 2020/2021 oʻquv yili uchun shakllantirilgan tarifikatsiya roʻyxati hamda shtatlar jadvali boʻyicha belgilangan lavozim maoshidan kelib chiqib, oylik ish haqi toʻlab beriladi.
Mehnatiga soatbay haq toʻlanadigan oʻrindoshlik asosida ishlovchi pedagog xodimlarning mehnatiga haq toʻlash muassasada oʻquv jarayoni boshlangandan keyin amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz maktabda oʻtilmaydigan fanlar masofaviy taʼlim shaklidagi televizion darslar orqali uzatiladi.
Manba