Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish 2024 yil 29 oktabr kuni boshlanadi.
✅ Malaka sinovlari avval e’lon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (shu jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida o‘tkaziladi.
⚡️ Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.
👉 Test sinovlarini bajarish uchun:
➖ matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;
➖ qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.
👉 Malaka sinovlarining:
➖ birinchi bosqichida – mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirig‘i beriladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;
➖ ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni («case study» uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol ta’lim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.
©️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi