Ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda
673
0
Поделиться:
⚡️Ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda
Metodik xizmat boʻlimlari huzuridagi Oʻquv metodik kengashlar tomonidan ommalashtirish.uz platformasiga joylangan metodik ishlar tekshirilishi nihoyasiga yetmoqda.
❌ 2024-yil 15-may kuni Kengashlar tomonidan "Rad etilgan" metodik ishlar va rad etish sabablari eʼlon qilinadi.
✅ 2024-yil 20-may kuni barcha tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahri va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan metodik ishlar eʼlon qilinadi.
❌ Metodik ishlari Oʻquv metodik kengash qarori bilan "Rad etilgan" talabgorlardan apellyatsiya qabul qilinmaydi.
➡️ Qolgan barcha turdagi shikoyat arizalari 20-maydan 23-maygacha o'z ishlarini ommalashtirishga topshirgan ishtirokchilar apellyatsiya arizasi taqdim etishi mumkin. Arizalar faqat talabgorning shaxsiy kabineti orqali (PDF formatda) qabul qilinadi.
➡️ 2024-yilning 20-maydan 30-maygacha Metodik xizmat boʻlimlari tomonidan tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasi talabgorlarning arizalarini koʻrib chiqadi va javob xatini talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboradi.