Oʻquvchilar uchun yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari tasdiqlandi » BELLASHUV.UZ
Yangiliklar

Oʻquvchilar uchun yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari tasdiqlandi

Поделиться:



Maktabgacha maktab ta’limi vazirining 2024-yil 20-martdagi 87-sonli buyrug‘i bilan 2023-2024-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi tartib tasdiqlandi.

Unga ko‘ra yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkaziladigan fanlarning ro‘yxati va imtihon o‘tkazish shakllari quyidagicha belgilandi:

9-sinf uchun
  • Ona tili va adabiyot – yozma
  • Davlat tili (ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinflar uchun) – yozma
  • Matematika – yozma
  • O‘zbekiston tarixi – yozma va og‘zaki
  • Jismoniy tarbiya – amaliy

Yakuniy nazorat:

11-sinf uchun

  • Ona tili va adabiyot – yozma (insho)
  • Matematika – yozma
  • O‘zbek tili (ta’lim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun) – yozma va og‘zaki. Ta’lim muassasasi tanlovi**
  • Chet tili –yozma/og‘zaki
  • O‘zbekiston tarixi – yozma/og‘zaki

*O‘quvchining tanlovi bo‘yicha:
Kimyo
Fizika
Davlat huquq asoslari
Geografiya – yozma

Izoh: * 11-sinfda har bir o‘quvchining ixtiyoriy tanloviga ko‘ra tanlov (variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishidan bir oy oldin o‘quvchining arizasiga ko‘ra tanlanadi.

** 11-sinfda har bir o‘quvchining ixtiyoriy tanlovi va ota-onalarning fikrlariga asoslanib tanlov (variativ) fanlaridan biri yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilishidan bir oy oldin ta’lim muassasasi tomonidan tanlanadi. Tanlov fani majburiy fanlardan tashqari taklif etilgan fanlar orasidan tanlanadi.

9-sinflar uchun Jismoniy tarbiya fanidan 1-6-may, Ona tili va adabiyot fanidan – 27-may, Matematika fanidan – 30-may kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.

11-sinflar uchun Ona tili va adabiyot fanidan — 29-may, Matematika fanidan – 1-iyun kunlari bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.

Ko‘zi ojiz, zaif ko‘ruvchi va tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda imtihonlar umumta’lim muassasalariga qo‘yilgan talablar asosida o‘tkazilsin (Jismoniy tarbiya fani bundan mustasno).

Kar, zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida imtihonlar Ona tili va adabiyot fanidan bayon va Matematika fanidan yozma nazorat ishi shaklida amalga oshiriladi. Aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda faqat Texnologiya fani bo‘yicha imtihonlar o‘tkaziladi.


Manba


Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?