Yangi tartib bo‘yicha ommalashtirish jarayoni qay tartibda amalga oshiriadi? » BELLASHUV.UZ
Yangiliklar

Yangi tartib bo‘yicha ommalashtirish jarayoni qay tartibda amalga oshiriadi?

Поделиться:



Endikikda ommalashtirish uchun tavsiya etilgan ilgʻor ish tajribalar metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishda boʻlishi lozim. Metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya ko‘rinishida bo‘lmagan hamda oʻtgan yillar davomida ommalashtirilgan metodik ishlar oʻrganilmaydi.


Metodik ishlar quyidagi bosqichlarda ommalashtiriladi:

➖ maktab miqyosida;

➖ tuman (shahar) miqyosida;

➖ viloyat miqyosida;

➖ respublika miqyosida.

 

Maktab miqyosida ommalashtirish qay tartibda amalga oshiriladi?

Umumtaʼlim muassasasining fan oʻqituvchisi tomonidan ilgʻor tajribalar asosida ishlab chiqilgan metodik ish yoʻnalishlar boʻyicha maktabning Metodbirlashmasi tomonidan muhokama qilinadi hamda ilgʻor ish tajribaga ega deb topilgan taqdirda maktab miqyosida ommalashtirish uchun maktabning Pedagogik kengashiga tavsiya etiladi.


Metodbirlashma tavsiyasi asosida Pedagogik kengashda talabgorning metodik ishi mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda baholash mezoniga muvofiq ishlab chiqilganligi oʻrganib chiqiladi hamda maktab miqyosida ommalashtirish yoki ommalashtirmaslik boʻyicha Pedagogik kengash qaror qabul qiladi.

Agar talabgorning metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, ommalashtirishga loyiq deb hisoblansa, Pedagogik kengash qarori bilan maktab miqyosida ommalashtiriladi va ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilib keyingi bosqichlarga yuboriladi.

Bunda, quyidagi hujjatlar talabgor tomonidan ommalashtirsh.uz platformasiga joylashtiriladi:

➖ metodik ishiga ijobiy xulosa berilib, taʼlim muassasasi miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarorining elektron (pdf) nusxasi;

➖ ommalashtirish uchun tavsiya etiladigan metodik ishi (metodik qoʻllanma yoki metodik tavsiya)ning elektron (pdf) nusxasi;

➖ oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotnoma (obyektivka) va mutaxassisligi boʻyicha diplom nusxasi.

Tuman (shahar) va viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish tartibi quyidagicha:

ommalashtirish.uz platformasi orqali yuborilgan metodik ish Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tegishli fanlar bo‘yicha Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi. Talabgorning metodik ishi maksimal 80 ball bilan baholanadi. Talabgor tomonidan tayyorlangan metodik ish mazkur buyruq bilan tasdiqlangan metodik ishga qo‘yilgan talablar hamda baholash mezoniga muvofiq baholanadi.


Bunda, 50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida, 66-80 ball bilan baholangan metodik ishlar viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanadi va sertifikat olish uchun ommalashtirish.uz platformasi orqali Respublika taʼlim markaziga yuboriladi.


Shundan 75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi. Qoraqalpoq tilidagi metodik ishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markazi hamda Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazining Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi bilan hamkorlikda oʻrganib chiqilib, Oʻquv metodik kengash qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika taʼlim markaziga ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.


Bosqichlar uchun talab etiladigan ballarni toʻplay olmagan talabgorlarning metodik ishi asoslantirilib, ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi. Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengashi qarori har yili 15-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim. Oʻquv metodik kengash qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin.


Qaror qabul qilishda quyidagi xulosalardan foydalanish mumkin:

➖ “Talabgorning metodik ishi maktab miqyosida ommalashtirilganligi inobatga olinsin va qayta takomillashtirish uchun talabgorga yuborilsin”;➖ “Talabgorning metodik ishi tuman (shahar) miqyosida ommalashtirilsin”; “Talabgorning metodik ishi viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilsin”;➖ “Talabgorning metodik ishi viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilib, respublika miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilsin”.


Ommalashtirish.uz platformasi orqali tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirish uchun yuborilgan ishlar Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining Oʻquv metodik kengash qaroriga muvofiq Respublika taʼlim markazi tomonidan sertifikat beriladi.


Respublika miqyosida ommalashtirish tartibi quyidagicha:

Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tavsiyasi asosida respublika miqyosida ommalashtirish uchun yuborilgan metodik ishlar Respublika taʼlim markazining Ilmiy-metodik kengashida oʻrganiladi. Bunda, talabgor tomonidan metodik ishi yuzasidan taqdimot qilinib, maksimal 20 ball bilan baholanadi.

Taqdimot uchun baholash mezoni Respublika ta’lim markazi tomonidan ishlab chiqilib, respublika bosqichi boshlanishidan bir oy oldin ommalashtirish.uz platformasiga joylashtiriladi. Respublika bosqichida umumiy 86-100 ball bilan baholangan metodik ish Ilmiy-metodik kengash tomonidan respublika miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.

Respublika miqyosida ommalashtirish toʻgʻrisida Respublika taʼlim markazining Ilmiy-metodik kengash qarori har yili 30-mayga qadar ommalashtirish.uz platformasiga joylashtirilishi lozim. Ilmiy-metodik kengash qaroridan norozi boʻlgan talabgorlar uch ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.

Ommalashtirish boʻyicha berilgan sertifikatlar qancha muddatdga amal qiladi?

Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) va respublika miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat berilgan kundan boshlab uch yilga qadar amal qiladi. Maktab miqyosida ommalashtirilgan metodik ish uchun sertifikat berilmaydi va maktab miqyosida ommalashtirilganligi toʻgʻrisida Pedagogik kengash qarori asos hisoblanib, uch yilga amal qiladi. Sertifikatlar faqat Respublika taʼlim markazi tomonidan beriladi hamda ommalashtirish.uz platformasi orqali talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.


Manba


Календарь

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?