Xabaringiz bor, joriy yil sentabr oyida mamlakatimizda Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlarining oliy darajadagi navbatdagi Sammiti, shuningdek qator хorijiy mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari boʻlib oʻtadi.
Mazkur jarayonlar va tadbirlar oʻtkaziladigan hududlarga yaqin joylarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni taʼminlash, shuningdek, aholiga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Samarqand shahridagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari joriy yilning 19-sentabr sanasidan boshlanishini maʼlum qilamiz.
Samarqand shahridagi maktab oʻquvchilarining qoldirilgan dars soatlari oʻquv yili davomida taʼtillar hisobidan toʻldiriladi.
Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati