Ustama belgilash uchun o'qituvchilardan boshqa hujjatlarni talab qilish qat'iyan man qilinadi. » BELLASHUV.UZ
Yangiliklar

Ustama belgilash uchun o'qituvchilardan boshqa hujjatlarni talab qilish qat'iyan man qilinadi.

Поделиться:



    2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'rnak ko'rsatgan xodimlarini moddiy rag'batlantirish tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq, maktab ishchi guruhlari tomonidan har yili 1-iyulga qadar umumta'lim muassasasining har bir pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatini baholaydi va navbatdagi o'quv yili uchun yuqori natija ko'rsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama miqdorlarini belgilashini ko'rsatib qo'yilgan. 

    Hozirgi kunda joylarda pedagog xodimlardan ularning faoliyatini ishchi guruhlar tomonidan baholash jarayonida katta hajmdagi va asossiz hujjatlarni talab qilinayotganligi haqida haqli e'tirozlar kelib tushmoqda.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ustama tayinlash bo'yicha ishchi guruhlar tomonidan o'qituvchilardan talab qilinadigan hujjatlar ro'yxati ilovaga muvofiq yuborilmoqda. Bundam ishchi guruhlar tomonidan o'qituvchilardan boshqa hujjatlar talab qilinishi qat'iyan man qilinishini hamda hozirgi kunda o'qituvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ushbu talabga mos kelgan holda, ularga hujjatlar yig'majildini qayta ishlab, taqdim etish uchun ishchi guruhlar tomonidan talab qilinishiga yo'l qo'yilmasligini ma'lum qilamiz. 




YUKLAB OLISH


Календарь

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?