14 – yanvar Vatan himoyachilari
kuniga bag‘ishlangan bayram ertaligi
Zal bayramona bezatilgan. Bolalar zalga “Marsh” musiqasi ostida kirib keladilar.Bayram “O’zbekiston Respublikasining Madhiyasi” bilan boshlanadi.
Boshlovchi: Bir kun katta bo‘lamiz,
O’n yettiga to‘lamiz.
Mustaqil ona yurtga,
Komil farzand bo‘lamiz.
Siz hozir cha bolasiz,
Bog‘dagi gul lolasiz
Tinchliksevar halqimning,
Mard jasur o‘g‘lonisiz.
Bir kun katta bo‘lasiz,
Xuddi oydek to‘lasiz.
Ona yurt tuprog‘ini,
Hech ham yovga bermaymiz!
Assalomu alaykum dadajonlar, aka-ukalar, mehmonlar va bolajonlar. Bugun biz hayotimiz tinchligi, osmonimiz musaffoligini qo‘riqlab turgan “Vatanimiz himoyachilari” ni muborak ayyom bilan qutlash uchun yig‘ildik. Bayramingiz qutlug‘ bo‘lsin. Kechamizni ochib berish uchun so‘zni bog‘cha mudirasiga beramiz.
Boshlovchi: Yanvar oyida bordir
Shunday raqam 14
Aytingchi nima bildirar
Ushbu raqam 14
Bolalar: Dadajonlar bayramin.
Bola: Olg‘a bos, olg‘a bos ey mardu maydon,
Hur ozod Vatanga biz sodiq posbon.
Bola: Gullasin, yashnasin Vatan yerlari,
Bizni der erk sevar Vatan sherlari.