Umumiy o'rta ta'lim muassasasi sinf rahbarining lavozim yo'riqnomasi 2023-2024 » BELLASHUV.UZ
Hujjatlar

Umumiy o'rta ta'lim muassasasi sinf rahbarining lavozim yo'riqnomasi 2023-2024

Поделиться:



Umumiy o'rta ta'lim muassasasi sinf rahbarining lavozim YO'RIQNOMASI

 

1- bob. Umumiy qoidalar

1. Mazkur yo'riqnoma umumiy o'rta ta'lim muassasalari sinf rahbarlarining (keyingi o'rinlarda sinf rahbarlari deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini hamda ish faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Sinf rahbarlari o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O' zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining buyruqlariga, mazkur yo'riqnomaga va boshqa normativ¬ huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.

 

2- bob. Sinf rahbarlariga qo'yiladigan talablar, ularning asosiy vazifalari va funksiyalari

 

3. Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:

- kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo'lgan;

- maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumta'lim muassasalarida mehnatini soatbay (shu jumladan o'rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o'qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo 'l qo'yilmaydi);

- boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo'lgan;

- o'quvchilar bilan ishlash jarayonida mas'uliyat bilan yondasha oladigan;

- boshlang' ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang' ich sinfga biriktirilgan o'qituvchilarga yuklatiladi.

4. Quyidagilar sinf rahbarlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

ta'lim muassasasining tarbiyaviy tizimidagi tayanch pedagoglardan biri sifatida o'ziga biriktirilgan sinfdagi o'quvchilaming (keyingi o'rinlarda sinf o'quvchilari deb yuritiladi) belgilangan ta'lim va tarbiya olishlarini tashkil etish;

odob-axloq va ichki tartib qoidalariga muvofiq muomala va kiyinish madaniyatiga amal qilish, jamoada namunali bo'lish;

o'quvchilaming o'sib-ulg'ayishlarini pedagogik kuzatuvlar asosida nazorat qilish, yordamga muhtoj o'quvchilarga yakka holda yondashish asosida ular qalbida milliy g'urur, vatanparvarlik, mehr-oqibat, mas'uliyat, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik kabi xislatlami uyg'otish;

 

sinf o'quvchilarining ma'naviy va ma'rifiy tarbiyasini tashkil etishda o'qituvchilar, psixolog, ota-onalar va ulaming o'mini bosuvchi shaxslar (keyingi o'rinlarda ota-onalar deb yuritiladi), ta'lim muassasasi rahbariyati orqali Bolalar masalalari bo'yicha komissiyalar, mahalla, huquq-tartibot idoralari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda ishlash;

voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risidagi qonun hujjatlari ijrosi borasida voyaga yetmaganlaming nazoratsiz va qarovsiz qolishlari, o'quvchilar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo'yicha o'tkaziladigan "O'quvchi", "Davomat" kabi profilaktik reydlarda hamkorlik qilish.

Sinf rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalami ham bajarishi mumkin.

5. Sinf rahbarlari o'zlariga yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalami amalga oshiradi:

har tomonlama yetuk, barkamol - ma'naviy, aqliy, jismoniy rivojlangan shaxs tarbiyasini amalga oshirish, sinf o'quvchilarining qobiliyatlarini to'liq namoyon etishlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;

pedagogik va o'quvchilar jamoasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda har bir o'quvchining o'ziga xos xususiyatlariga qarab yondashishni yo'lga qo'yish;

ertalabki saflanishlarda sinf o'quvchilarining belgilangan tartibda to'liq ishtirok etishlarini ta'minlash;

biriktirilgan sinf xonasidagi mavjud jihozlaming saqlanishini va ulardan samarali foydalanishni ta'minlash;

sinf rahbarlari o'z faoliyatini o'quvchilaming yosh xususiyatlari, umumiy rivojlanish darajasi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda, keng qamrovli tarbiyaviy ishlar va aniq mezonlar asosida tashkil etadi.

Jumladan:

a) o'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo'nalishida:

o'quvchilami Vatani va xalqiga sadoqat, fidoyilik, Davlat ramzlariga hurmat ruhida tarbiyalash;

o'quvchilar ongiga buyuk ajdodlarimiz merosi va xalqimizning bugungi bunyodkorlik ishlariga yuksak ehtirom tuyg'ularini singdirish, yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari, inshootlar va ma'rifat maskanlari bilan ulami tanishtirib borish;

sinfda o'quvchilami milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash muhitini yaratish, tarbiya jarayoniga boy madaniy merosimiz, milliy odob-axloq me'yorlarini tatbiq etish, mehnatga ijodiy munosabatni tarbiyalash;

o'quvchilami mustaqil hayotga tayyorlash, ulami jamiyatda o'z o'mini topa oladigan shaxs sifatida shakllanishlari uchun zarur ko'nikmalarni rivojlantirish;

o'quvchilami o'zbek va boshqa xalqlaming madaniy, tarixiy, milliy an'analariga hurmat ruhida tarbiyalash;

b) ota-onalar va mahalla bilan hamkorlik yo'nalishida:

 

barkamol avlodni tarbiyalashda "Oila - mahalla - ta'lim muassasasi" hamkorligidagi Jamoat kengashi faoliyatini keng tatbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinf ota-onalar majlislarini o'tkazib borish;

o'quvchilami ijtimoiy himoya qilish bo'yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, jumladan, kam ta'minlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan, ota-ona qarovisiz qolgan, vasiylik va homiylikka berilgan voyaga yetmaganlaming ijtimoiy huquqlarini himoyalash;

o'quvchilaming ta'lim muassasasiga belgilangan maktab formasida kelishlarini nazorat qilish;

o'quvchilar kundalik.com elektron platformasidan foydalanishini nazorat va tahlil qilish, o'quv qurollarining mavjudligi va to'g'ri tartibli saqlashlarini kuzatib borish, natijalarini ota-onalar bilan muhokama qilish;

o'quvchilaming turli diniy oqimlar ta'siriga tushib qolishining oldini olish, ularda bu borada immunitet shakllanishi uchun targ'ibot ishlarini olib borish;

ota-onalar bilan hamkorlikda ota-onalar majlislari, davra suhbatlari, muloqotlar uyushtirish, o'tkazgan tarbiyaviy ishlari yuzasidan pedagogik kengashlarda hisobot berish;

darslarga surunkali va muntazam kelmaydigan, tarbiyasi og'ir o'quvchilar bilan ishlashda ulaming ota-onalari, fuqarolaming o'zini o'zi boshqarish va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlik qilish, natijalari bo'yicha direktor huzuridagi yig'ilishlarga ma'lumot kiritib borish;

o'quvchilami ota-onalar va kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ruhida tarbiyalash, ularga kamtarlik, saxiylik va saxovatparvarlik, insonlarga yordam berish, mehribonlik, mehnatsevarlik xislatlarini singdirib borish.

v) o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, maktabdan va sinfdan tashqari faoliyatga jalb etish yo'nalishida:

o'quvchilaming qiziqishi, imkoniyati va qobiliyatlariga qarab fan to'garaklari, sport seksiyalari, badiiy-estetik, texnik, ekologik, sayyohlik va o'lkashunoslik yo'nalishidagi to'garaklarga, klublargajalb qilish;

qobiliyatli va iste'dodli o'quvchilami rag'batlantirish, ulaming ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga ko'maklashish;

milliy madaniyatning asosi bo'lgan musiqa va qo'shiq, kino, adabiyot, xalq og'zaki ijodi, teatr, naqqoshlik va me'morchilik kabi xalq amaliy san'ati turlari vositasida o'quvchilar dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ulami madaniyat maskanlariga ota-onalar bilan hamkorlikdajalb etish;

o'quvchilami yozgi sog'lomlashtirish oromgohlarida dam olishini tashkil etish, kuzgi, qishki va bahorgi ta'til kunlarini mazmunli o'tkazishi uchun ota-onalar bilan hamkorlikda sharoit yaratish;

turli (bayramlar, ko'rik-tanlov, sport musobaqalari, uchrashuvlar, kechalar va boshqalar) ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda sinf o'quvchilarining faol ishtirokini ta'minlash;

g) o'quvchilarning o'zini o'zi boshqarish tizimini takomillashtirish yo'nalishida:

 

sinf jamoasi bilan birgalikda sinf sardorlarini saylash va sinf ishlarini rejalashtirish, o'quvchilar davomatini muntazam kuzatib borish va tahlil qilish;

o'quvchilami tabiatga muhabbat, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish va asrab-avaylashga hamda tozalikka o'rgatish, ekologik savodxonligini oshirish, ularda mehnatsevarlik ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida sinf jamoasi bilan kelishgan holda "Sinf xonasi navbatchilari" reja-grafigini tuzib olish;

sinf o'quvchilarining ehtiyoj va qiziqishlarini har tomonlama o'rganish, ularni ahil jamoaga jipslashtirish va tashabbuskor o'quvchilami qo'llab-quvvatlash;

har bir o'quvchining o'zi uchun kun tartibini tuzishlarini tashkil etish va uning bajarilishini ota-onalar hamkorligida nazorat qilish;

o'quvchilaming huquqiy savodxonligini oshirish, har bir fuqaro, shaxs va muassasalar tomonidan bajarilishi shart bo'lgan qonun hujjatlari, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda ro'y berayotgan o'zgarishlar haqida tushunchalar berib borish, qonunga hurmat hissini shakllantirish;

d) pedagogik jamoa bilan birgalikda:

sinf o'quvchilaming ta'lim muassasasi (ustavida belgilangan) ichki tartib va odob axloq qoidalarini bajarishlarini ta'minlash;

kundalik.com elektron platformasi va boshqa hujjatlaming to'g'ri yuritilishini ta'minlash;

o'quvchilar o'zlashtirishini yuqori darajaga ko'tarish, tartib-intizomni mustahkamlash maqsadida sinf majlislarini o'tkazib borish;

o'qishda yutuqlarga erishgan, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol o'quvchilami taqdirlash, ularning ota-onasiga tashakkumoma, minnatdorchilik xatlari yuborish bo'yicha taklif berish;

sog'lom turmush tarzi, oilaviy hayot gigienasi hamda jismoniy tarbiya, zararli odatlardan saqlanish kabi masalalarga e'tibor berish;

o'quvchilaming past o'zlashtirish sabablarini aniqlash, bartaraf etish bo'yicha tegishli fan o'qituvchilari, maktab psixologi bilan birgalikda yordam berish;

ta'lim muassasasi tibbiyot xodimlari, o'qituvchilari, psixolog va ota-onalar bilan hamkorlikda o'quvchilaming sog'lig'ini muhofaza qilish, ma'naviy-ma'rifiy, jismoniy va aqliy jihatdan rivojlanishini nazorat qilish;

o'quvchilaming ta'lim muassasasida texnika xavfsizligi, ulami muhofaza qilish, sanitariya-gigiena qoidalari va me'yoriy talablariga rioya qilishini ta'minlash;

kasbiy malakasini oshirib borish, yo'nalishi bo'yicha turli seminarlarda ishtirok etish.

Sinf rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalami ham amalga oshirishi mumkin.

6. Sinf rahbarlari zimmasiga mazkur yo'riqnoma va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan vazifalami yuklash, ulami ish vaqtidan tashqari, faoliyatiga oid bo'lmagan yig'ilishlarga va boshqa tadbirlargajalb etishga yo'l qo'yilmaydi.

7. Ta'lim muassasasidan tashqarida darsdan keyingi paytdagi o'quvchilarning xatti-harakatlari uchun amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularning ota-onalari javobgar hisoblanadi.

 

Bunday holatlarda sinf rahbarlariga nisbatan intizomiy Jazo choralari qo'llanilmaydi.

 

3- bob. Sinf rahbarlarining huquq va majburiyatlari

 

8. Sinf rahbarlari ushbu yo'riqnomada belgilangan vazifalami amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:

sinf o'quvchilarining dars mashg'ulotlari va imtihonlarida ishtirok etish;

bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar uchun qo'shimcha darslar tashkil etish bo'yicha ta'lim muassasasi rahbariyatiga taklif kiritish;

o'quvchilar tarbiyasiga oid ilg'or ish tajribalarini amalga oshirish bo'yicha ta'lim muassasasi rahbariyatiga tashabbus bilan chiqish;

sinf faollari ishini nazorat qilish, ular bilan birgalikda yig'ilish kun tartibini belgilash va sinf yig'ilishlarini uyushtirish;

o'qishda yutuqlarga erishgan, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida faol o'quvchilami taqdirlashga tavsiya etish;

sinf soatlarini rejalashtirishda o'quvchilar yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan mavzularga o'zgartirishlar kiritish;

sinf soatlari mavzularining ta'sirchanligini oshirish uchun maktab psixologi bilan yaqindan hamkorlik qilish, zarur holatlarda dars jarayoniga maktab psixologini taklif qilish;

o'quvchilaming ota-onalari bilan ta'lim-tarbiya masalalari yuzasidan suhbatlashish, hamkorlik qilish, pedagogik maslahatlar berish;

o'quvchilar xulqini baholash;

hamkorlikda olib boriladigan tadbirlarda muntazam qatnashmaydigan, farzandi tarbiyasiga e'tiborsiz ota-onalar bo'yicha maktab kuzatuv kengashiga, "Oila-mahalla¬ ta'lim muassasasi hamkorligi" Jamoat kengashiga murojaat qilish.

Sinf rahbarlari o'z vazifa va majburiyatlarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.

9. Sinf rahbarlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:

sinf o'quvchilarining davomatini nazorat qilish, sababsiz darsga kelmagan o'quvchilaming ota-onalari bilan (telefon orqali) bog'lanib, darsga kelmaganlik sabablarini o'rganish, natijalari bo'yicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur hollarda yozma) kiritish;

"O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizom", "Umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchi va o'quvchilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari" hamda "Davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasinijoriy etish tartibi to'g'risidagi nizom" mazmun-mohiyatini va talablarini sinf o'quvchilari va ularning ota-onalariga yetkazish;

o'quvchining xulqi, xatti-harakatlarida o'zgarishlar aniqlasa, ulaming ota¬ onalariga xabar berish, hamkorlikda ish olib borish, natijalari bo'yicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur hollarda yozma) kiritish;

 

amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko'ra, farzand tarbiyasida ota-onaning mas'uliyati, majburiyati va javobgarligi to'g'risida o'quvchilaming ota-onalari o'rtasida tushuntirish ishlarini olib borish;

pedagogik jamoa, o'quvchilar, ularning ota-onalari bilan muloqotda vazmin va xushmuomala bo'lish;

o'zining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish.

 

4- bob. Sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish tartibi

 

10. Sinf rahbarlari ta'lim muassasasi direktori tomonidan mazkur yo'riqnomaning 3-bandida belgilangan mezonlarga javob beradigan o'qituvchilar tarkibidan tayinlanadi va ozod etiladi.

11. Bir o'qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi. Direktor o'rinbosarlari, psixologlar sinf rahbari bo'lishi mumkin emas.

12. Sinf rahbarlari faoliyatini ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi.

13. Sinf rahbarlari tomonidan o'tiladigan "Sinf soati"ning yillik taqvim mavzular rejasi ta'lim muassasasining umumiy rejasi asosida ishlab chiqiladi va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

14. Sinf rahbarlarining yillik ishlarini rejalashtirish, tarbiyaviy ishlami tashkil etish va o'tkazishga yordam berish, ulaming samaradorligini oshirish, ishlarini muvofiqlashtirish, ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida sinf rahbarlari uslubiy birlashmalari tashkil etiladi. Sinf rahbarlari uslubiy birlashmasiga barcha sinf rahbarlari a'zo hisoblanadi.

15. Sinf rahbarlari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:

- sinf rahbari daftari;

- maktabning ichki ro'yxatiga kiritilgan tartibbuzar, tarbiyasi og'ir va surunkali dars qoldiruvchi o'quvchilar bilan amalga oshirilgan ishlar yig'majildi.

16. Sinf rahbarlari o'quv yili choraklari va yakuni bo'yicha hisobotlar tayyorlaydi hamda faoliyat yo'nalishlari bo'yicha hisobotlarni ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosariga topshiradi.

 

5- bob. Yakunlovchi qoidalar

 

17. Ta'lim muassasasi ma'muriyati sinf rahbarlari yordamidan faqat ushbu yo'riqnomada belgilangan vazifalar doirasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari bilan kelishilgan holda foydalanishi mumkin.

18. Mazkur yo'riqnoma talablari buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.

 





Календарь

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?