Metodbirlashma rahbarlariga 10 foiz ustama berish tartibi qanday? » BELLASHUV.UZ
So'ragan edingiz

Metodbirlashma rahbarlariga 10 foiz ustama berish tartibi qanday?

Поделиться:



Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori boʻyicha umumtaʼlim muassasasining fan yoʻnalishlari boʻyicha metodbirlashma rahbarlariga 10 foiz ustama berish mumkinligi koʻrsatib oʻtilgan.

Xoʻsh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? 

Ushbu mezon Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 17-iyundagi 02-02/1-1703-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga koʻra, metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak boʻladi:

— metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (oʻquv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qoʻshimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan boʻlishi;

— metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki oʻquvchilarning fanni oʻzlashtirishdagi boʻshliqlarini toʻldirish usullari tavsiya etilgan boʻlishi;

— metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

— metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida belgilangan fan oyligini tashkil etilgan boʻlishi;

— Fan oyligini oʻtkazish tartibi bekor qilingan. Shu sababli, bu boʻyicha qoʻshimcha koʻrsatma kelishi mumkin.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yigʻilishini chorakda bir marta oʻtkazilgan boʻlishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa maʼlumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak boʻladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball toʻplangan taqdirda 10 foiz ustama belgilaydi.

Eslatma: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10 foizli ustama toʻlanmaydi va endilikda sinf rahbarlari metodbirlashmasi mavjud emas.


Календарь

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?