Attestatsiya bo'yicha so'ralgan savollaringizga javoblar » BELLASHUV.UZ
So'ragan edingiz

Attestatsiya bo'yicha so'ralgan savollaringizga javoblar

Поделиться:



⚡️ 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lib olgan oliy toifali o'qituvchilarning malaka toifasi umrbod saqlanib qoladi


2022-yilda ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganligi uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar joriy yilgi navbatdagi-majburiy attestatsiyalarga jalb qilinmaydi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini hamda mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 03-03/1-4619-son xati hozirgi kunda ham o‘z kuchida




⚡️ Attestatsiyaning 2 ta bosqichi ham bir vaqtda kompyuterda amalga oshiriladi


Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.


Har bir to‘g‘ri bajarilgan test topshirig‘i 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.


Ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalarni (“sase study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o‘qitish, “amaliy o‘yin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. 


Bunda har bir to‘g‘ri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi. Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi





⚡️ O‘qituvchilarning attestatsiya testida ishtirok etish uchun yuborgan arizalari rad etilishi mumkinmi?


17.09.2021-yildagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom 30-bandida ko‘ra quyidagi holatlarda davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli vazirliklar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi rad etilishi mumkin:


? Pedagog kadrlar tomonidan soʻrovnomaning elektron raqamli imzo yoki imzoni identifikatsiya qilishning boshqa vositalari yoxud SMS-xabarnoma bilan tasdiqlanmaganligi;


? Pedagog kadrlar tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilgani maʼlum boʻlib qolganligi;


? Soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliq taqdim etilmaganligi;


? Attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatganlik uchun belgilangan yigʻimning toʻlanmaganligi (pedagog kadrni navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtkazish holatlari bundan mustasno)



Календарь

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?