SINF RAHBARLIK UCHUN AVGUSTDA HAM ISH HAQI YOZILADIMI? » BELLASHUV.UZ
So'ragan edingiz

SINF RAHBARLIK UCHUN AVGUSTDA HAM ISH HAQI YOZILADIMI?

Поделиться:



@Yurist_Xizmati 3553-savol:


Assalomu alaykum hurmatli yurist, savolim bor edi. O‘qituvchi bo‘lib ishlayman, sinf rahbarligim bor, shunga avgust oyiga sinf rahbarlikka oylik to‘laydimi? Yoki to‘lansin, yoki to‘lanmasin degan qaror bo‘lsa bering iltimos.


YURIST JAVOBI:


❗️Sinf rahbarlik uchun avgustda ham qo‘shimcha haq to‘lash kerak.


Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 yildagi 275-son qarori 4-bandiga ko‘ra umumta’lim muassasalari o‘qituvchilariga qo‘shimcha haq to‘lovlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

➖ sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:

•  15 nafar o‘quvchigacha — 26,4 foiz;

•  16 dan 20 nafar o‘quvchigacha — 31,6 foiz;

•  21 dan 25 nafar o‘quvchigacha — 36,9 foiz;

•  26 dan 30 nafar o‘quvchigacha — 42,1 foiz;

•  31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 52,8 foiz;


?‍♂ Endi qarang! ushbu bandda o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytgandan keyin ularga yangi o‘quv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmasligi qayd etilgan. 


✅ Shunga ko‘ra sinf rahbarlik uchun qo‘shimcha to‘lovlar avgustda ham to‘lanadi deb hisoblaymiz.


Manba


Календарь

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?