MEHNAT TA’TILIDA BO’LGAN PEDAGOG XODIMNI TO’GARAK O’TISHGA MAJBUR QILISH TO’G’RIMI? » BELLASHUV.UZ
So'ragan edingiz

MEHNAT TA’TILIDA BO’LGAN PEDAGOG XODIMNI TO’GARAK O’TISHGA MAJBUR QILISH TO’G’RIMI?

Поделиться:



#Savol

Men o‘qituvchi bo‘lib ishlayman. Hozir mehnat ta’tilidaman. Ta’tilda bo‘lishimga qaramay direktor har kuni menga qo‘shimcha ishlar yuklayapti. Maktabdagi yozgi oromgohga kelib o‘quvchilarga to‘garak o‘tishim kerak ekan. Xullas, mehnat ta’tilida bo‘lishimga qaramay, ishga chaqirtirib olishyapti. Ishga bormayman desam chora ko‘ramiz deyishyapti. Buning uchun oylik ham to‘lashmayapti. Bu qonunan to‘g‘rimi?


#Javob

Mehnat ta’tili xodimga hordiq chiqarish uchun beriladi. Ta’tilni xodim istagancha rejalashtiradi. Mehnat ta’tilida bo‘lgan xodimni qo‘shimcha ishlarga jalb qilish mumkin emas. Shuningdek, mehnat ta’tilida bo‘lgan xodimga jazo chorasi qo‘llash ham mumkin emas. Aksincha, bu vaziyatda maktab direktorining o‘zi Mehnat kodeksining 177-moddasiga zid ravishda harakat qilmoqda.


Maktab direktori sizni ishlashingizga o‘ta ehtiyoj sezgan taqdirda, buyruq orqali mehnat ta’tilidan chaqirib olib, sizga ish haqi to‘lashni davom ettirishi lozim. Ammo bu ham faqat sizning roziligingiz bilangina amalga oshiriladi.


Chunki, O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 147-moddasida ta’tildan chaqirib olishga faqat xodimning roziligi bilan yo‘l qo‘yilishi, shu munosabat bilan ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki keyingi ish yilining ta’tiliga qo‘shib qo‘yilishi kerakligi qayd etilgan.


❕Mehnat ta’tilida bo‘lgan o‘qituvchiga maktab direktorining to‘garak o‘tish to‘g‘risidagi talabini bajarmaganligi uchun intizomiy jazo chorasi qo‘llash mumkinmi?


O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumi qarorining 29-bandiga ko‘ra faqat xodimning roziligiga binoan hal qilinadigan holatlar ya’ni ish beruvchining xodimni mehnat ta’tilidan chaqirib olishi yoki ta’tilni boshqa muddatga o‘tkazishi, ish vaqtidan tashqari ishlarni bajarishi haqidagi talabini bajarishdan bosh tortishi mehnat majburiyatlarini buzishlik deb hisoblanmaydi va intizomiy jazo qo‘llanishi uchun asos bo‘lmaydi.


Xulosa qilib aytganda ta’tilda bo‘lgan pedagog xodimlarni to‘garak o‘tishga majbur qilish noqonuniy xati-harakat hisoblanadi. 


Manba


Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?