QANDAY TANLOV, MUSOBAQA VA TADBIRLAR O’QITUVCHILARGA USTAMA TAYINLASHDA INOBATGA OLINADI? » BELLASHUV.UZ
So'ragan edingiz

QANDAY TANLOV, MUSOBAQA VA TADBIRLAR O’QITUVCHILARGA USTAMA TAYINLASHDA INOBATGA OLINADI?

Поделиться:




2022-2023 o‘quv yili uchun umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilashda kuyidagi olimpiadalar, ko‘rik tanlovlar, musobaqalar hamda sinfdan tashqari amalga oshirilgan ishlar inobatga olinadi.


❗️FAN OLIMPIADALARI:

1.Asosiy fan olimpiadasi (4 bosqichli);

2.Xalqaro matematika olimpiadasi;

3.Xalqaro fizika olimpiadasi;

4.Xalqaro kimyo olimpiadasi;

5.Xalqaro biologiya olimpiadasi;

6.Xalqaro informatika olimpiadasi;

7.Xalqaro Kavkaz olimpiadasi (matematika fani);

8.Xalqaro Jautikov olimpiadasi (matematika fani);

9.Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi (kimyo fani);

10.Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi - kimyo, biologiya va fizika;

11.7-8 sinflar o‘rtasida al-Xorazmiy olimpiadasi (matematika fani);

12.Osiyo fizika olimpiadasi;

13.Osiyo-Tinch okeani informatika olimpiadasi;

14.Yevropa fizika olimpiadasi;

15.Xalqaro iqtisod olimpiadasi;

16.Xalqaro matematika musobaqasi;

17.Al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi

18.Al-Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi


❗️KO’RIK TANLOV VA MUSOBAQALAR:

1.“O’zbek tilim - iftixorim” mavzusida insholar tanlovi;

2.“Besh tashabbus - san’at bilan” shiori ostida festival- tanlov (3-bosqichli);

3.“Besh tashabbus - sport bilan” shiori ostida sport musobaqasi (3-bosqichli);

4.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari va o‘qituvchilari o‘rtasida sportning shaxmat turidan respublika birinchiligi (4-bosqichli);

5.Imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida respublika birinchiligi (2-bosqichli);

6.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Futbolimiz kelajagi sening qo‘lingda” shiori ostida respublika birinchiligi (4-bosqichli);

7.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqalari (4-bosqichli);

8.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Bolajonlar sport jamoalari” hamda yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yeshlik sport jamoalari” respublika birinchiligi (4-bosqichli);

9.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Kurash - milliy g‘ururnmiz” shiori ostida sportning kurash turidan respublika birinchiligi (4-bosqichli);

10.“Besh tashabbus - axborot texnologiyalari bilan” shiori ostida festival-tanlovi;

11.“Besh tashabbus - kitob bilan” shiori ostida festival-tanlovi (3-bosqichli);

12.“Besh tashabbus - besh imkoniyat” shiori ostida “Qizlarjon” ko‘rik-tanlovi (3-bosqichli);

13.Fan to‘garaklari bo‘yicha ko‘rik-tanlovlar (3-bosqichli)


❗️BOShLANG’ICh SINF O’QUVChILARINING TANLOV VA BOShQA TADBIRLARDA IShTIROKI:

1.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari va o‘qituvchilari o‘rtasida sportning shaxmat turidan respublika birinchiligi (1-bosqich);

2.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Bolajonlar sport jamoalari” respublika birinchiligi (1-bosqich);

3.Fan to‘garaklari bo‘yicha ko‘rik-tanlorlar (1-bosqich)


❗️SINFDAN TAShQARI IShLAR:

1.Fan to‘garaklari tashkil etish;

2.“Yoshlar teatr studiyalari”ni tashkil etish;

3.“Yosh kitobxonlik klubi”ni tashkil etish;

4.Xor va ansambl jamoalarini tashkil etish;

5.Beshta muhim tashabbus tadbirlarini o‘tkazish;

6.Yozuvchi va shoirlar tavallud kuniga bag‘ishlab mushoira kechalari va turli tadbirlar o‘tkazish;

7.Gazeta va veb-saytlarda yangi yondashuv asosida qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borilganligi yuzasidan maqollar chiqarish.


❕Asos: XTVning 2021 yil 16 sentyabrdagi 03-02/3-2504-sonli xati


?Manba



Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?