Imtihondan o‘tolmagan o‘quvchini sinfda qoldirib yuborsa bo‘ladimi? » BELLASHUV.UZ
So'ragan edingiz

Imtihondan o‘tolmagan o‘quvchini sinfda qoldirib yuborsa bo‘ladimi?

Поделиться:





#Savol 
Dars mashg‘ulotlaridan o‘zlashtirishi past va bosqichli nazorat imtihonlarda o‘tmagan  o‘quvchilarni sinfda qoldirib yuborsa bo‘ladimi? 

#Javob 
Maktab bitiruvchilari uchun umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan o‘tish majburiydir. Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablarning bajarilishi bo‘yicha yakuniy attestatsiya yozma, og‘zaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi o‘quv dasturi asosida o‘quv yilining yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi.

Ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan va o‘quv fanlaridan yil yakuni bo‘yicha ijobiy baholangan, yoki bitta o‘quv fanidan qoniqarsiz baholangan bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladilar.

Xalq ta’limi vazirining 2008 yil 4 martdagi 56-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi nizomnga ko‘ra, bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta o‘tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan o‘tish huquqi beriladi.

Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.


Manba


Календарь

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?