Choraklik baholar sinf jurnaliga qanday tartibda qayd qilinishi kerak? » BELLASHUV.UZ
So'ragan edingiz

Choraklik baholar sinf jurnaliga qanday tartibda qayd qilinishi kerak?

Поделиться:



#Savol

Choraklik baholar sinf jurnaliga qanday taribda qayd qilinishi kerak?. Keyingi savolim jurnalning “Uyga vazifa” deb yozilgan joyiga uyga berilgan topshiriqlar aynan qanday ko‘rinishda yozilishi kerak?



#Javob

Fan o‘qituvchisi belgilangan tartibda choraklik (yarim yillik), yillik, (yakuniy) baho va yillik reyting ballarlarni aniqlaydi hamda ularni tegishli ustunlarga qayd etib tagiga imzo qo‘yadi.

?Sinf jurnali kataklariga ballar va aniqlangan baholarni qayd etish ketma-ketligi qo‘yidagicha bo‘ladi:

5-8 sinflar uchun:
?Joriy va oraliq nazoratlardagi ballar;
?Choraklik (yarim yillik) baholar;
?Bosqichli nazorat bali:
?Yillik baholar;
?Yillik reyting bali.

9-11 sinflar uchun:
?Joriy va oraliq nazoratlardagi ballar;
?Choraklik (yarim yillik) baholar;
?Yillik baho::
?Yakuniy nazorat bali;
?Yakuniy baho;
?Yillik reyting bali.

Shuningdek, haftasiga 1 soatdan ko‘p o‘tiladigan fanlarga choraklik chiqariladi. 0,5 va 1 soat o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yarim yillik baholar chiqariladi.  9-sinflar uchun yillik va yakuniy baho chiqariladi.

Jurnalning “Uyga berilgan topshiriq” deb ko‘rsatilgan joyiga ko‘pchilik “o‘qib kelish”, “test tuzib kelish”, “jadval tuzish” kabi mazmundagi so‘zlarni yozishadi. Lekin aslida jurnalning “Uyga berilgan topshiriq” deb ko‘rsatilgan joyiga o‘quvchilarga uyga berilgan vazifa aniq qilib yozilishi lozim. 

Sinf jurnalining mazkur qismiga darslikda berilgan topshiriq sahifasi va mashq raqami yozilishi kerak. Misol uchun, 42-bet, 77-mashq ko‘rinishida.


Календарь

«    Декабрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?