1. Spidometr
Avtomobilimda ketayotib, spidometrga qarasam, ikki xonali sonni ko‘rsatyapti. Bir soatdan keyin qarasam, shu spidometr boyagi sonning raqamlari o‘rnini almashtirib ko‘rsatyapti. Yana bir soatdan keyin birinchi ikki xonali sonning raqamlari orasiga nol raqami qo‘shilganini ko‘rsatmoqda. Avtomobil spidometri qanday sonlarni ko‘rsatgan va tezligi soatiga necha km? (Avtomobil o‘zgarmas tezlik bilan harakatlangan deb hisoblang.)
2. Laqab va soch.
Fizik Hilolaning laqabi Oqqush, matematik Nigoraning laqabi Qizilishton va kimyochi Otabekning laqabi Qoraqarg‘a. Ular bir yerda hayol surib o‘tirganda, ulardan biri: “Mening sochim qizil, sizniki oq, sizniki qora, lekin hech birimizning laqabimiz sochimiz rangi bilan mos kelmaydi”,– debdi.
Shunda Nigora: “Fikringiz to‘g‘ri, lekin bu mulohazani men ko‘proq fizikdan kutgan edim”, –debdi. Bu fikrlardan kelib chiqib, fizikning soch rangini toping.
3. Tovoqdagi tuxum
Stol atrofida 15 ta bola o‘tiribdi. Stoldagi tovoqda 15 ta tuxum bor. Har bir bola o‘ziga bittadan tuxum olgach, tovoqda yana bitta tuxum qolib ketdi. Bu qanday bo‘lishi mumkin?
4. Sherlok Xolms va Vatson.
- Xayrli tong, Vatson. Ha, “Tayms”ni o’qiyapsizmi? Xo’sh, nimalarni yozishibdi?
- Londonlik bankir Jerald Batcherni o’z xonasida o’lik holda topishibdi.
- Xo’sh-xo’sh…
- O’zi oromkursida… Qo’lida to’pponcha… O’q boshning chap qismiga otilgan. Stol lampasi yoniq. Yonida magnitofon. Skotland Yard inspektori magnitofonni yoqib, bankirning so’nggi so’zlari yozilgan audioyozuvni tinglabdi: “Men bankrotlikka ortiq toqat qila olmayman. Bo’ldi, tamom…” Shundan so’ng otilgan o’q tovushi eshitilgan. Bankirning boshi ostida soliq inspektorining tekshiruv haqidagi bildirishnomasi qonga bo’yalgan holida topilgan. Bu – o’z joniga suiqasd.
- Yo’q, azizim Vatson, bu – qotillik!Xo’sh, yosh detektivlar, Sherlok aka nimaga asosan bunday qarorga kelgan?
5. Shaxmat musobaqasi.
Abror, Bahrom, Doniyor va Erali shaxmat musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Ular kuchli to’rtlikdan o’rin olishdi. Muxbirning kim qanday o’rin olganligi haqidagi savoliga quyidagi uch jumla bilan javob berildi:
1) Abror – birinchi, Bahrom – ikkinchi;
2) Abror – ikkinchi, Erali – uchinchi;
3) Doniyor – ikkinchi, Erali – to’rtinchi.
Har bir javobning bir qismi rost bo’lsa, boshqa qismi yolg’on. Shunday bo’lsa-da, kimning qanday o’rin olganini aniqlash mumkin. Buni siz ko’rsatib beraqoling.
6. Ikki sham.
Stolda uzunliklari bir xil bo’lgan ikki sham turibdi. Ular bir paytda yoqildi. Birinchi sham 6 soatda, ikkinchisi esa 3 soatda yonib tugaydi. Ayting-chi, birinchi sham ikkinchisidan ikki barobar uzun holda bo’lishi uchun shamlar qancha vaqtdan so’ng o’chirib qo’yilishi kerak?