Mantiq maydoni (6-son) » BELLASHUV.UZ
O'quvchilarga / Qiziqarli savollar

Mantiq maydoni (6-son)

Поделиться:



1. Tanlov.
Go‘zallik tanlovida Sanobar oxiridan va boshdan 13-bo‘ldi. Go‘zallik tanlovida nechta go‘zal qatnashgan?

2. Kodli suhbat.
Sun’iy yo‘ldosh uchta kodlangan xabar oldi. Astronomlar ularni quyidagicha tushundilar.
“Elros Aldarion Elendil” – “Raketa xavfli portlashi”, “Edain Mnyatur Elros” – “yo‘ldoshda xavfli yong‘in”, “Aldarion Gimilzor Gondor” – “Zararli gaz portlashi”
Bulardan foydalanib “Elendil” so‘zining ma’nosini toping.

3. Sotiladigan qo‘chqor.
Bozor chetida uchta qo‘chqor turibdi. Ulardan faqat bittasigina sotiladi, xolos. Har bir qo‘chqorning shoxiga ip bilan qo‘g‘oz bog‘lab qo‘yilgan. Har bir qog‘ozda ikkitadan jumla bor. Qaysidir qo‘chqordagi jumlalarning har ikkalasi ham rost, qaysidadir ikkovi ham yolg‘on, uchinchisida esa biri rost, biri yolg‘on. O‘sha jumlalarni e’tiboringizga havola etamiz:
Qo‘chqor #1:
1. Bu qo‘chqor sotilmaydi.
2. Ikkinchi qo‘chqor hoziroq sotilishi kerak.
Qo‘chqor #2:
1. Birinchi qo‘chqor egasiga ham kerak.
2. Uchinchi qo‘chqorni sotib olavering.
Qo‘chqor #3:
1. Bu qo‘chqor sotilishi mumkin emas.
2. Birinchi qo‘chqor o‘z xaridorini kutmoqda.
Xo‘sh, qaysi raqamdagi qo‘chqor sotiladi?

4. Quticha.
Sport musobaqalarida shahar sha’nini munosib himoya qilgan uch kurashchiga noma’lum homiy tomonidan 10 ta quticha taqdim etildi. Kurashchilar 1-qutichani ochishdi – bo‘m-bo‘sh. 2-sini ochishdi – 1 tanga, 3-sida 2 tanga, xullas, 10-sida 9 tanga bor ekan. Sobir polvon ikkita qutichani oldi va uyiga ravona bo‘ldi. Hoshim polvon esa Qobil polvondan kattaroq bo‘lgani uchun ko‘proq chaqa oldi. Bundan Qobil polvon norozi bo‘ldi. Ustiga ustak, uyiga ketayotib, yo‘lda 4 ta qutichani yo‘qotib ham qo‘ydi. Shunday bo‘lsa-da, u uyiga 10 tanga bilan kirib bordi. Aziz gazetxon, sizdan Sobir polvonning nechanchi raqamli qutilarni olganini topish talab etiladi.

5. Mehmonlar.
Abdukarim mehmonlarni vokzalda kutib olishi kerak. Mehmonlardan biri Samarqand, ikkinchisi Navoiy, uchinchisi Sirdaryo viloyatidan ekanligini biladi. Har uch mehmon birgalikda vokzalga yetib kelib, Abdukarimni kutishmoqda. Abdukarim samarqandlik kishining ism-sharifi Sanjar Oqilovich ekanini bilsa-da, ammo bu uch mehmondan birortasi bilan ham uchrashgan yoki hamsuhbat bo‘lgan emas. Ularning yuz-ko‘zi, rang-ro‘yi va kiyimlari haqida ham ma’lumotga ega emas. Biroq u uchovlonning ichidan samarqandlik mehmonni qiyinchiliksiz taniy oldi. Buni qanday uddaladi?


Календарь

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?