Интересное:
1. Bo‘sh qolgan o‘rinda qanday son bo‘lishi kerak?
17, 19, … , 20, 15
A) 21 B) 16 C) 20 D) 25
2. Kabob – A, Giyoh – I, Zamon – M bo‘lsa,
Fonus - ?
A) O B) Y C) R D) T
3. Uni tayyorlaydigan odam o‘sha paytda unga muhtoj emas.
Uni sotib olayotgan odam undan foydalanmaydi.
Undan foydalanuvchi odam o‘sha damda undan foydalanayotganligini bilmaydi.
U nima?
4. Komil ko‘l tomonga ketyapti. 25 o‘quvchi va 2 murabbiy unga qarama-qarshi yurib kelishmoqda. 10 ta ota-ona (ota yoki ona) ham ular bilan birga. 5 ta ona o‘zi bilan go‘daklarini ham olib yurishibdi. Bir murabbiyning kuchugi ham bor. Ko‘lga tomon harakatlanayotgan oyoqlar soni nechta?
5. 8 ta sharcha bor. Bu sharchalardan biri boshqalaridan og‘ir. Bu og‘ir sharni pallali tarozida ikki marta o‘lchashda qanday topiladi?
6. Zangli osma soat 4 soniyada 3 marta zang ursa, necha soniyada 9 marta zang uradi?
7. Soatning soat va minut millari har 65 daqiqada ustma-ust keladi. Bu soat oldinlab ketyaptimi yoki orqada qolyaptimi?
8. Mahmudjonga Hasanni topib kelish buyurildi. Hasan o‘zining egizi Husan bilan bir uyda yashaydi. Bu egizaklarni bir-biridan ajratish juda qiyin.
Egizaklardan biri doimo yolg‘on gapiradi, ikkinchisining gapi rostmi, yolg‘onmi - aniqlab bo‘lmaydi.
Mahmud egizaklardan sariq ko‘ylakligidan so‘radi:
“Siz Hasanmisiz?” Sariq ko‘ylakli: “Ha”,–deb javob berdi. Mahmud xuddi shu savolni qizil ko‘ylaklidan ham so‘radi. Uning nima deb javob bergani bizga noma’lum, ammo Mahmud buni biladi. Shundan so‘ng u Hasanni topdi. Hasan qaysi biri – sariq ko‘ylaklimi yoki qizil ko‘ylakli?
Javoblaringizni telegram orqali izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.
IZOH QOLDIRISH