2023-2024 o‘quv yili uchun umumta’lim fanlari bo‘yicha asosiy olimpiadaning birinchi (maktab) bosqichini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli ko‘rsatmasi berildi.
?Olimpiadalar quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
- Matematika
- Fizika
- Kimyo
- Biologiya
- Informatika va axborot texnologiyalari
- Ona tili va adabiyot
- O‘zbek tili (boshqa tillarda tahsil oladiganlar uchun)
- Qoraqalpoq tili va adabiyoti
- Rus tili va adabiyoti
- Ingliz tili
- Nemis tili
- Fransuz tili
- Tojik tili
- Qozoq tili
- Tarix
- Geografiya
? 16 ta fan bo‘yicha tashkil etiladigan olimpiadalarning maktab bosqichlari quyidagi mudatlarda tashkil etiladi:
➖9-sinflar uchun 15-20 sentabr kunlari;
➖10-sinflar uchun (1-bosqich) 21-25 sentabr kunlari;
➖11-sinflar uchun (2-bosqich) 26-30 sentabr kunlari.
? Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va asosiy olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
? Keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etilgan o‘quvchilar hamda ularning o‘qituvchilari haqidagi ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining olympiad.uzedu.uz axborot tizimiga joylashtiriladi.