Rasmiy bayonot (Davlat test markazi) » BELLASHUV.UZ
Abiturentlar uchun / Yangiliklar

Rasmiy bayonot (Davlat test markazi)

Поделиться:




Mamlakatimizda pandemiya sharoiti murakkab kechayotganligi, karantin cheklovlari bekor qilinmayotganligi yoki yumshatilmaganligi bois, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari test topshiruvchilar salomatligiga zarar yetmaydigan vaziyat kelgunga qadar keyinga surilmoqda va bu haqda jamoatchilik muntazam xabardor qilib borilmoqda.

Keyingi kunlarda turli internet nashrlarida kirish imtihonlari usti ochiq katta maydonlarda, ertalab va kechki smenada o‘tkazilishi, shuningdek, aniq sanalar belgilanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

Bu borada rasman shuni ma’lumi qilamizki, ayni kunlarda Davlat test markazi tomonidan jarayonlarni eng avvalo test topshiruvchilar salomatligi xavfsizligini ta’minlagan holda tashkil etish borasida turli variantlar o‘rganib chiqilmoqda.

Qayd etish kerakki, ushbu harakatlar hali o‘rganish bosqichida bo‘lganligi sababli, hozirdan “shunday bo‘ladi” qabilida xabarlar tarqatish abituriyentlarni chalg‘itishi, testga tayyorgarlik jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shularni hisobga olib, Davlat komissiyasi ko‘rsatmasi asosida sog‘liqni saqlash tashkilotlari bilan birgalikda, joriy yil qabul test sinovlarini o‘tkazish uchun maqbul va xavfsiz joylar tanlanib, aniq sanalar belgilangach, Davlat test markazi tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali ishonchli xabar beriladi.

Bunga qadar abituriyentlardan turli xabarlarga e’tibor qilmasdan vaqtdan unumli foydalanishlarini, test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirishlarini so‘rab qolamiz.

Davlat test markazi

Manba

Календарь

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?