Интересное:
2020-yil 24-iyul kuni “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini unifikatsiya qilish va yagona imtihonni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Unga ko‘ra:
- umumta’lim muassasalarining joriy yil bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasi imtihoni sifatida uchta fan — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi (keyingi o‘rinlarda – majburiy fanlar) fanlaridan test sinovlarini topshiradi;
- majburiy fanlar bo‘yicha test sinovi natijalari umumta’lim muassasasi bitiruvchilarining umumiy ta’lim to‘g‘risidagi hujjati (shahodatnoma, diplomi)ga qo‘yiladi;
- oliy ta’lim muassasalariga kirish istagini bildirgan umumta’lim muassasalari bitiruvchilari shaxsiy tanloviga ko‘ra, ixtiyoriylik asosida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlardan test sinovlarini topshiradi;
- 2022-yildan boshlab, avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatganlar belgilangan muddatlarda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar va majburiy fanlardan test sinovlarini topshiradi;
- test sinovlari natijalari (fan bo‘yicha to‘g‘ri javoblar soni) o‘tkazilgan kunning ertasiga Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
- test sinovlari natijalari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan tanlovda baholash mezonlariga muvofiq inobatga olinadi;
- abituriyentga test sinovi topshirilgan fani bo‘yicha 3 yil muddatda amal qiladigan abituriyent elektron sertifikati beriladi. Abituriyentga elektron sertifikatining amal qilish muddati tugamasdan ushbu fan bo‘yicha test sinovini belgilangan tartibda qayta topshirish huquqi beriladi;
- fanni bilish darajasi bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan berilgan milliy sertifikatga, shuningdek, chet tili fani bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan abiturentlarga mazkur fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berish huquqi saqlanadi.
https://regulation.gov.uz/uz/document/20241