Интересное:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan respublika oliy ta’lim muassasalariga 2020/2021 o‘quv yili uchun qabul kasbiy (ijodiy) imtihonlar asosida amalga oshiriladigan ta’lim yo‘nalishlariga imtihonlarni shaffof va yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma ishlab chiqildi.
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etishda:
Manba
Kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etishda:
- imtihonlar, avvalo, abituriyentlar salomatligini saqlash maqsadida karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkazilishi shart;
- Abituriyent imtihonga shaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi lozim;
- imtihonlarga kirish va unda ishtirok etishda chiziqlar bilan maxsus ajratilgan ikki metrlik oraliq masofani saqlash lozim;
- abituriyentlar imtihonga tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplarda kiritiladi;
- imtihonga kirish oldidan har bir abituriyentning tana harorati o‘lchanadi. 37 darajadan yuqori bo‘lgan abituriyentlar imtihonlarga qo‘yilmaydi;
- abituriyentlar va ularning yaqinlariga ijodiy imtihonlar o‘tkaziladigan hududlarga kelmaslik qa’iy tavsiya etiladi;
- kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bino, uning hududi va auditoriyalar har kuni bir necha marotaba dezinfeksiya qilib turiladi;
- ijodiy imtihonda bitta abitureint uchun yarim soatdan bir soatgacha vaqt ajratiladi;
- imtihonlar to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilib, imtihon jarayonlarining videoyozuvlari saqlanadi;
- kasbiy (ijodiy) imtihonlarning natijalari tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boriladi.
Manba