Интересное:
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev AOKAda o‘tkazilgan brifingda bu yil kirish imtihonlari qay darajada soddalashtirilishi haqida ma'lumot berdi.
«Joriy yilgi kirish imtihonlarida oson savollar soni 6tadan 9tagacha ko‘paytiriladi.
Odatda, kirish imtihonlarida bitta fandan o‘rta darajadagi savollar 18tani tashkil qiladi, ularning soni bu yilgi imtihonda ham o‘zgartirilmasdan qoldiriladi. Murakkab savollar esa 6tadan 3taga kamaytiriladi», deya Behzod Musayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bosh vazir o‘rinbosari bu yil ko‘pchilik qatori abituriyentlar ham koronavirus tufayli og‘ir davrni boshidan kechirganini qayd etib o‘tgan.
«Abiturentlar ham uyda bo‘lishga majbur bo‘lishdi. Shunday bo‘lishiga qaramay ular uyda onlayn darslarni kuzatishdi va imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishdi. Ularga yengilliklar berishimiz va imtihonga qatnashishlarini ta'minlashimiz zarur», dedi Behzod Musayev.
Manba