Hurmatli tarix fani ustozlari, shu testlarning to'g'ri javoblarini tayyorlashga yordam bersangizlar. Qaysi testning javobini bilsangiz iltimos izohlarda yozib qoldiring. RAHMAT
1. L. Vigotskiyning nazariyasiga koʻra, bolaning kognitiv rivojlanishini amalga oshirish uchun oʻqituvchi qanday yoʻl tutishi kerak?
oʻquvchini dars qoldirmasligini doimiy nazorat qilishi kerak
oʻquvchini mustaqil faoliyat olib borishini ragʻbatlantirishi kerak
oʻquvchini kitob oʻqishga qiziqishini oshirishi kerak
oʻquvchin oʻquv faoliyatning turli modellariga jlb qilishi kerak
2. O‘qituvchi o‘quvchining uyiga tashrif buyurishi va uning ota-onasi bilan uchrashishi lozim. Uyga tashrifning maqsadi nimalarga qaratilishi kerak? 1) oila bilan yaqindan tanishish 2) qarindoshdek o‘zini yaqin tutish 3) o‘quvchining darsxonasini ko‘rish 4) xo‘jalik ishidagi ishtirokini kuzatish 5) bolaning kun tartibini o‘rganish
1, 3, 5
2, 3, 4
1, 2, 5
1, 2, 3
3. Zamonaviy taʼlim texnologiyalari toʻgʻri keltirilgan javoblarni belgilang. 1. Shaxsga yoʻnaltirilgan ta’lim texnologiyalari 2. Shaxsni ijtimoiylashtiruvchi ta’lim texnologiyalari 3. Interfaol ta’lim texnologiyalari 4. Muammoli ta’lim texnologiyalari 5. Shaxsni tarbiyalovchi ta’lim texnologiyalari
1, 3, 4
1, 2, 3
2, 4, 5
1, 3, 5
4.
O‘quvchilarni mavzu xususida keng va har tomonlama fikr yuritishga, o‘z tasavvurlari, g‘oyalaridan ijobiy foydalanishga doir ko‘nikma, malakalarni hosil qilishga va mavzu doirasida imkon qadar ko‘p muqobil g‘oyalarning yig`ilishini ta’minlashga qaratilgan metod qanday nomlanadi?
“Aqliyhujum” metodi
“Baliqskeleti” metodi
“Sinkveyn” metodi
“Insert” metodi
5. Pedagogik tajribasi kam boʻlgan oʻqituvchi oʻz oʻquvchilarida Blum taksonomiyasiga asosan sintez qilish koʻnikmalarini shakllantirmoqchi. U qanday strategiyadan foydalanishi kerak?
Turli manbalardan olingan maʼlumotlarni umumlashtira olishni oʻrgatishi kerak
Obyekt va jarayonlarni oʻrganishda ularni kichik qismlarga ajratishni oʻrgatishi kerak
Obyekt va jarayonlarda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni tahlil qilishni oʻrgatishi kerak
Mavzuga oid oʻquv elementlarni oʻrgatishda tadqiqotchilik metodidan foydalanishi kerak
6. O‘qituvchi kasbining asosiy maqsadi nimalardan iborat?
o‘quvchining psixik qonuniyatlarini, ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik jihatdan ochish
o‘quvchida ma’naviy boylikni, axloqiy poklikni va jismoniy kamolotni o‘zida mujassamlashtirgan shaxsni tarbiyalash
o‘quvchilarga fan yo‘nalishi bo‘yicha rejalar, dasturlar, darsliklar va boshqa me’yoriy xujjatlardagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot berish
o‘quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda munosabatlarni o‘rnatish
7. Nostandart fikrlashga xos belgilar qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
muammoni yechishda ijodiy yondashish
muammoni yechishda namunalarga asoslanish
muammoni yechimida tavakkal qilish
birinchi kelgan fikrga asoslanish
8. O‘qituvchi fan olimpiadasida ishtirok etish uchun kuchli o‘quvchilardan birini emas, o‘z farzandini tanladi. Ushbu holat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
o‘qituvchining farzandi yuqori o‘rin egallashiga
o‘quvchilar orasida nosog‘lom muhitning yaratilishiga
maktab jamoasida o‘qituvchining obro‘sini ko‘tarilishiga
o‘quvchilar orasida raqobatning kuchayishiga
9. O‘qituvchining kasbiy kuyishi deganda nimani tushunasiz?
kasbiy faoliyati davomida o‘zini qiziqtirmagan ishlar bilan muntazam shug‘ullanishi
yuqori lavozimda ko‘p yillar mobaynida faoliyat yuritilishi
ishdagi surunkali stress natijasida hissiy, aqliy va quvvat resurslarining tugashi
mas’uliyatli va kuchli bilim talab qilinadigan ishlarni yuklanilishi
10. O‘qituvchining kasbiy kuyishining belgilari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
hayolparastlik, hayrixoxlik, hamjihatlilik
yolg‘izlik, giperfaollik, bag‘rikenglik
befarqlik, passivlik, tushkunlik
parishonxotirlik, mag‘rurlik, samaradorlilik
11. Quyidagi qaysi voqea boshqalariga nisbatan oldinroq sodir bo‘lgan?
Germaniya Prezidenti Gindenburg vafot etdi.
Kichik Ergash vafot etdi.
Daues rejasi qabul qilindi.
G‘arb davlatlari o‘rtasida Myunxen kelishuvi imzolandi.
12. O‘zbekiston SSRda prezidentlik lavozimi joriy etilgan (a), O‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan yil (b)larni aniqlang.
(a) – 1991-yil, (b) – 1990-yil
(a) – 1990-yil, (b) – 1990-yil
(a) – 1989-yil, (b) – 1991-yil
(a) – 1990-yil, (b) – 1989-yil
13. 1917-yil dekabr oyida Munavvarqori Abdurashidxonov rahbarligida Toshkentda 60 ming kishi ishtirok etgan miting o‘tkazilgan. Ushbu ma’lumot qaysi gazetada aks etgan edi?
“El bayrog‘i” gazetasida
“Ulug‘ Turkiston” gazetasida
“Birlik tug‘i” gazetasida
“Свободный Туркестан” gazetasida
14. Quyidagi javoblardan XIX asr boshlarida monarxiya (a) va respublika (b) boshqaruv shaklida bo‘lgan davlatlarni aniqlang. 1. Rossiya 2. Turkiya 3. AQSH
(a) – 1. (b) – 3
(a) – 2. (b) – 1, 3
(a) – 1, 2. (b) – 3
(a) – 3. (b) – 2
15. Quyidagi qaysi jang nisbatan oldinroq sodir bo‘lgan?
Lenyano jangi
Kresi jangi
Mansikert jangi
Loy jangi
16. Qaysi yilda Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi?
1999-yil
2003-yil
2004-yil
2005-yil
17. Sovet hukumatining rahbari V.I. Lenin Turkiston o‘lkasiga kimni O‘rta Osiyoning favqulodda komissari qilib jo‘natdi?
F.Kolesov
P.Korovichenko
Y.Perfilov
P.Kobozev
18. Amir Temur o‘zi tirikligidayoq G‘arbiy Eron hududini kimga suyurg‘ol mulk qilib bergan edi?
Shohruxga
Pirmuhammadga
Umarshayxga
Mironshohga
19. Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoga istilochilik yurishining uchinchi bosqichi davri oralig‘ida sodir bo‘lmagan voqeani aniqlang.
Avliyootada Rossiyadan kelgan dehqonlarning birinchi manzilgohi paydo bo‘ldi.
Mustamlakachilar oddiy fuqarolar ma’murlarga qarshilik ko‘rsatgan taqdirda bevosta harbiy dala sudiga bera boshladilar.
I.Lazerov boshchiligidagi harbiy qo‘shin turkmanlar yashaydigan hududlarga jo‘natildi.
Toshkentda shahar boshqaruvi Dumaga o‘tdi.
20. 2001-yil mamlakatimizda qanday yil deb nomlandi?
“Sog‘lom avlod yili”
“Onalar va bolalar yili”
“Yoshlar yili”
“Barkamol avlod yili”
21. XVIII asrda Eron davlati poytaxti bo‘lgan shahar(lar)ini belgilang.
Tabriz va Isfahon
Tehron
Isfahon
Isfahon va Tehron
22. XVIII asrdan boshlab yevropaliklarning kirib kelishi qaysi davlatning azaliy an’analariga ta’sir ko‘rsatdi?
Hindiston
Xitoy
Turkiya
Eron
23. “Haq olinur, berilmas!” shiorini ilgari surgan ma’rifatparvarni belgilang.
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Abdulla Avloniy
Abdurauf Fitrat
Ismoil Gaspirali
24. Quyidagi qaysi shaxs “Allohning birligi” asarining muallifi hisoblanadi?
Tabariy
Hakim at-Termiziy
Mahmud Zamaxshariy
Abu Mansur al-Moturidiy
25. XIX asr oxiri − XX asr boshlarida ... dunyo sarmoyador davlatlarining yarim mustamlakasiga aylandi. Shoh tuzumi va mustamlakachilik zulmi xalq ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Mamlakatda noroziliklar kuchaydi.
Hindiston
Eron
Turkiya
Yaponiya
26. Eftallar alifbosi qaysi yozuv asosida shakllangan edi?
So‘g‘d
Xorazm
Oromiy
Baqtriya
27. Indoneziyada 2014-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida kim g‘alaba qozongan edi?
Mahathir Muhammad
Joko Vidodo
Megavati Sukornoputri
Rodrigo Duterte
28. AQSHning qaysi prezidenti tomonidan o‘z hukumatining Lotin Amerikasi davlatlariga intervensiya uyushtirmasligi hamda ular bilan “yaxshi qo‘shnichilik” munosabatlari o‘rnatilishi e’lon qilingan edi?
Franklin Ruzvelt
Teodor Ruzvelt
Vudro Vilson
Kalvin Kulij
29. Qo‘qon xonligida hosilning ½ qismini olish sharti bilan yerlarni ijaraga olib, o‘z mehnat qurollari, ot-ulovlari bilan yollanib ishlagan ishchilar nima deb atalgan?
Korandalar
Chorikorlar
Mardikorlar
Chokarlar
30. 1992-yil fevral oyida qaysi davlatda korrupsiyaga qarshi “Halol qo‘llar” kampaniyasi boshlandi?
Kolumbiyada
Italiyada
Eronda
Misrda
31. Sun sulolasi davridagi Xitoyning yirik savdo va hunarmandchilik markazlarini aniqlang.
Yanchjou, Xanchjou, Kayfin
Kayfin, Chendu, Uchan
Pekin, Yanchjou, Kayfin
Chendu, Shanxay, Uchan
32. Zardushtiylik ta’siri ostida “Zardusht tavallosi” asarini yozgan faylasufni belgilang.
O.Shpengler
F.Nitsshe
Z.Freyd
R.Kipling
33. Buxoro amirligida kim “dorukash” deb atalgan?
Sopol buyumlar yasovchi hunarmand
Maxsus yuz kishilik qo‘shin qo‘mondoni
To‘p va porox ishlab chiqaruvchi hunarmand
Aholining muammolarini xonga yetkazuvchi
34. VIII asrdan boshlab “Poytaxt axboroti” nomli gazeta qaysi shaharda chiqa boshlagan?
Rimda
Qohirada
Pekinda
Damashqda
35. Davlatchilik paydo bo‘layotganining eng muhim belgilaridan biri qaysi javobda berilgan?
Termachilikning rivoji
Aholining urug‘ va qabila bo‘yicha emas, balki hududiy taomilga ko‘ra guruhlarga ajratilishi
Sharq va g‘arb madaniyati, tajribalarining uyg‘unlashuvi va boshqa yangiliklar
Aholining qon-qarindoshlarga ko‘ra birikuvi keyinchalik aholi sonining ma’lum bir hududda ortib ketishiga olib kelishi
36. Qaysi qadimiy xalq maxsus tepaliklar yasab, baland poydevorlar ustida o‘zlarining zinapoyali ehromlarini, saroy va ibodatxonalarini barpo etgan? Bu saroy va ibodatxonalarning derazalari bo‘lmagan, ular eshiklar orqali yoritilgan.
Mayyalar
Atsteklar
Inklar
Aksumlar
37. XIX asr oxiri − XX asr boshlarida Afrikaning shimoliy qismida Sahroyi Kabirning janubiy chegarasiga qadar aholining ko‘pchilik qismini qaysi xalq vakillari tashkil etardi?
Barbarlar
Habashlar
Arablar
Tuareglar
38. Xorazmning Afrig‘ shohlari tomonidan zabt etilgan kumush tangalarning old va orqa tomoniga nimaning tasviri tushirilgan?
Old tomoniga shoh surati, orqa tomoniga burgut surati
Old tomoniga burgut surati, orqa tomoniga lochin surati
Old tomoniga shoh surati, orqa tomoniga suvoriy surati
Old tomoniga suvoriy surati, orqa tomoniga burgut surati
39. 2003-yili qaysi davlatda qabul qilingan konstitutsiya saylovlar va siyosiy partiyalar tuzish uchun yo‘l ochib bergan edi?
Eronda
Pokistonda
Turkiyada
Afg‘onistonda
40. Quyidagi ixtirolar mualliflarining millatini aniqlang. 1. Dinamit. 2. Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi. 3. Elektr bilan payvandlash.
1 – nemis, 2 – shved, 3 – rus
1 – nemis, 2 – nemis, 3 – amerikalik
1 – rus, 2 – shved, 3 – amerikalik
1 – shved, 2 – shved, 3 – amerikalik
41. Quyidagilardan mantiqiy ketma-ketlikda berilgan ma’lumotlarni aniqlang.
Atirgullar inqilobi − Lola inqilobi − Aprel inqilobi − Rangli inqilob
Yuz yillik urush – O‘ttiz yillik urush – Burjua inqilobi – Oktyabr to‘ntarishi
Mahathir Muhammad − Joko Vidodo − Rodrigo Roa Duterta − Atal Bixari Vajpai
Hotamiy − Parvez Musharraf − Homid Karzay − Bashar Asad
42. 1865-yil (a) va 1888-yilda (b) qaysi davlatlarda qullik bekor qilingan?
(a) – Hindiston, (b) – Braziliya
(a) – AQSH, (b) – Braziliya
(a) – AQSH, (b) – Meksika
(a) – AQSH, (b) – Argentina
43. Qaysi davlatda bo‘lib o‘tgan inqilob kapitalistik munosabatlarning hukmron tartibga aylanishini boshlab berdi?
Fransiya
Germaniya
Angliya
Rossiya
44. Germaniyaning 1871-yilda qabul qilingan konstitutsiyasiga muvofiq, qaysi hudud imperiya tarkibiga “maxsus imperiya viloyati” bo‘lib kirgan?
Elzas
Lotaringiya
Bremen
Elzas va Lotaringiya
45. Amir Temur uch, besh va yetti yillik harbiy yurishlaridan so‘ng o‘z ta’sir doirasiga kiritgan hududlarni belgilang.
Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya)
Hindiston, Eron, Turkiya
Xitoy, Turkiya, Oltin O‘rda
Turkiya, Oltin O‘rda, Eron, Shom (Suriya)
46. Davlatga asos solmagan hukmdorni aniqlang.
Kir II
Kudzula Kadfiz
Demetriy
Diodot
47. 1798-yilda … ga qilingan yurish Napoleonni siyosiy hokimiyatni egallashga chorladi. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi mamlakat nomini qo‘ying.
Belgiya
Misr
Gollandiya
Italiya
48. Buyuk Britaniya bosh vaziri U.Gladston davrida amalga oshirilgan islohotlar berilgan javobni toping. 1. Tred yunionlarga manfaatlarini sudda himoya qilish vazifasi berildi. 2. Jamoalar palatasi mamlakat moliyasini nazorat qiladigan bo‘ldi. 3. Cherkov davlatdan ajratildi. 4. Ish tashlashga ruxsat berildi. 5. Maktab islohoti o‘tkazildi. 6. Hukumatning quyi palata oldidagi javobgarligi belgilandi. 7. Parlamentga saylovlar yashirin yo‘l bilan amalga oshirilishi belgilandi.
1, 2, 4, 6
2, 3, 6, 7
1, 3, 5, 7
1, 4, 5, 7
49. Quyida keltirilgan ma’lumotlar qaysi hukmdor haqida ekanligini toping. “Uning davrida joylarda hokimiyat imperator tayinlaydigan gubernatorlar qo‘liga o‘tdi. Fransiyadan harbiy mutaxassislar taklif etildi, qo‘shin zamonaviy qurollar bilan qayta qurollantirildi. Yagona pul birligi – iyena joriy qilindi”.
Oda Nobunaga
Yonchjon
Yosimune
Meydzi
50. XIX asr oxirlarida quyidagi hududlar qaysi davlatning mustamlakasi bo‘lganini aniqlang. 1. Zululend 2. Bunoro 3. Tunis
1 – Buyuk Britaniya, 2 – Germaniya, 3 – Turkiya
1 – Fransiya, 2 – Fransiya, 3 – Turkiya
1 – Buyuk Britaniya, 2 – Germaniya, 3 – Italiya
1 – Buyuk Britaniya, 2 – Buyuk Britaniya, 3 – Fransiya