Hurmatli tarix fani ustozlari, shu testlarning to'g'ri javoblarini tayyorlashga yordam bersangizlar. Qaysi testning javobini bilsangiz iltimos izohlarda yozib qoldiring. RAHMAT
1. Ota-onalarning ko‘nikma va malakalarini, shuningdek, ularning biror narsaga nisbatan munosabatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan, interfaol o‘qitish usullari hamda tajriba orqali o‘qitishga asoslangan, guruhga mo‘ljallangan ta'limiy tadbir nima deb ataladi?
trening
ochiq dars
ota-onalar yig‘ilishi
guruhiy suhbat
2. “Oʻquvchi dars jarayonida nimani va nima uchun oʻrganayotganini tushunishi hamda amaliy topshiriqlarni chuqur anglamasdan mexanik tarzda bajarmasligi kerak”. Ushbu mulohaza didaktik tamoyillarning qaysi biriga mos?
koʻrgazmalilik
ilmiylik
onglilik
izchillik
3. Bu taʼlim shakli oʻz-oʻzini kasbiy rivojlantirishning uzoq muddatli dasturi yoki qisqa muddatli kursi boʻlib, uni tugatgandan soʻng yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan oʻqituvchi qonun hujjatlarida belgilangan huquqlarga ega boʻladi.Ushbu huquqlarni berish uchun, milliy yoki xalqaro standartdagi diplom yoki sertifikat beriladi. Ushbu taʼlim shaklini belgilang.
rasmiy taʻlim
norasmiy taʼlim
informal taʼlim
masofaviy taʼlim
4. Har kimning fikrlash, soʻz va eʼtiqod erkinligi huquqiga ega ekanligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining nechanchi moddasida mustahkamlangan?
13-moddasida
26-moddasida
29-moddasida
67-moddasida
5. Noan’anaviy dars turlari ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.
o‘tilgan materiallarni mustahkamlash, kirish darsi
integratsiyalashgan, aralash dars
yangi bilimlarni bayon qilish, nazorat darsi
dars-ekskursiya, auksion-dars
6. O‘qituvchi doskada yozayotganida imlo xatoga yo‘l qo‘ydi. Uning xatosiga bir nechta o‘quvchilar kulishdi. Buning natijasida o‘qituvchi asabiylasha boshladi va o‘quvchilarga qo‘pol muomalada bo‘ldi. Sizningcha, o‘qituvchi ushbu vaziyatda o‘zini qanday tutishi kerak edi?
vaziyatga sovuqqonlik bilan yondashib, kulgan o‘quvchilarni o‘rnidan turg‘azishi va ularga nisbatan jazo choralarini Qo‘llashi kerak
o‘quvchilar bilan xato ustida birgalikda kulib, “xato qilish hammaga xos, ammo uni tan olib tuzatish mardlik”. ‑ deb aytishi kerak
o‘qituvchi doskaga xatoni o‘quvchi-larning ziyrakligi va savodxonligini ataylab sinash maqsadida yozganini aytishi kerak
o‘quvchilarning bunday xulqiga nisbatan ularning kundaliklariga e’tirozlarini bildirib, ota‑onalarning e’tiborini qaratishi kerak
7. 7-sinf oʻquvchilaridan biri oʻziga koʻproq eʼtiborni tortyapti: u shovqin qilyapti, gaplari bilan javob berayotgan oʻquvchilar fikrlarini boʻlyapti, oʻqituvchini tinglamayapti, darsga jiddiy halaqit beryapti. Ushbu vaziyatda o‘qituvchi qanday yo‘l tutishi kerak?
oʻquvchini darsga halaqit bermasligi uchun sinfdan chiqarib yuborishi kerak
darsda bosiqlik bilan ungaoʻzini tutish qoidalarini eslatishi kerak
uning ota-onasi bilan muammo yuzasidan suhbatlashishi kerak
o‘quvchining hulqidan kelib chiqib bilimiga past baho qo‘yishi kerak
8. Quyidagilardan qaysi biri bevosita o‘quvchining darsni o‘zlashtirishiga ta’sir qiladi:
diqqat
temperament
hissiyot
fe'l-atvor
9. Sotsiometriya metodini birinchi bo‘lib qaysi olim ishlab chiqqan?
D.Moreno
G.Ayzenk
V.Smenal.
A.Rahmonov.
10. O‘qituvchi o‘quvchilarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlashda ularning qaysi jihatlariga e’tibor QARATMASLIGI kerak?
ularning individualligi, ruhiy holati, fiziologik xususiyatlari va qiziqishlariga
iste’dodli o‘quvchilarning qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirishga
ijtimoiy kelib chiqishi, jismoniy sog‘lig‘i, oilaviy ta’minoti, ota-onasining ma’lumoti
layoqati, kasb-hunarga moyilliklari asosida to‘g‘ri kasb-hunar tanlashlariga ko‘maklashishga
11. Quyidagi gazetalar va jurnallar qaysi davlatlarda nashr etilganini aniqlang. (a) “Xalq gazetasi”, (b) “Ibrat”, (c) “Milliy kalendar”
(a) Xitoy, (b) Turkiya, (c) Bolgariya
(a) Xitoy, (b) Eron, (c) Misr
(a) Afg‘oniston, (b) Turkiya, (c) Bolgariya
(a) Xitoy, (b) Hindiston, (c) Albaniya
12. 2001-yil mamlakatimizda qanday yil deb nomlandi?
“Sog‘lom avlod yili”
“Onalar va bolalar yili”
“Yoshlar yili”
“Barkamol avlod yili”
13. XIV asr oxirlarida vujudga kelgan muayyan xalqaro vaziyat tufayli qaysi davlatlar eng qudratli davlatlar sifatida siyosiy maydonga chiqdi? 1. Amir Temur davlati. 2. Mo‘g‘uliston. 3. Usmoniylar davlati. 4. Misr. 5. Oltin O‘rda. 6. Xitoy.
1, 2, 3, 4
2, 3, 5, 6
1, 3, 4, 5, 6
1, 3, 4, 5
14. Quyidagi qaysi voqea boshqalariga nisbatan oldinroq sodir bo‘lgan?
Germaniya Prezidenti Gindenburg vafot etdi.
Kichik Ergash vafot etdi.
Daues rejasi qabul qilindi.
G‘arb davlatlari o‘rtasida Myunxen kelishuvi imzolandi.
15. XVIII asrdan boshlab yevropaliklarning kirib kelishi qaysi davlatning azaliy an’analariga ta’sir ko‘rsatdi?
Hindiston
Xitoy
Turkiya
Eron
16. Qaysi davlatdagi sotsialistik partiya diniy ta’limni bekor qilish uchun kurash olib borgan?
Avstriya-Vengriya
Italiya
Germaniya
Argentina
17. XVI–XVIII asrlarda qaysi davlatlar o‘rtasidagi chegara hududlarda birinchi navbatda Italiyaga ta’sir etish uchun tez-tez ziddiyatlar bo‘lib turgan?
Fransiya, Angliya
Fransiya, Germaniya
Germaniya, Ispaniya
Ispaniya, Fransiya
18. Quyidagi hukmdorlardan otasidan keyin taxtga o‘tirmaganlarini aniqlang. 1. Amir Haydar 2. Imomqulixon 3. Umarxon 4. Abdurahimbiy 5. Muhammad Rahimxon I 6. Eltuzar
1, 4, 6
2, 3, 4
2, 5, 6
2, 3, 5
19. Ikkinchi jahon urushi davrida o‘zbekistonlik nechta jangchi “Sovet Ittifoqi Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘ldi?
260 nafar
180 nafar
32 nafar
280 nafar
20. Qaysi yilda Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi?
1999-yil
2003-yil
2004-yil
2005-yil
21. Germanlarda hunarmandchilikning qaysi sohalari taraqqiy etgan edi? 1. To‘qimachilik 2. Kulolchilik 3. Qurolsozlik 4. Yog‘ochsozlik 5. Zargarlik 6. Teri-ko‘nchilik
1, 2, 3, 5
2, 4, 5, 6
1, 3, 4, 5
1, 4, 5, 6
22. Quyidagi voqealardan qaysi biri boshqalaridan oldinroq sodir bo‘lgan?
Ko‘chmanchi giksoslarning Misrga hujum qildi.
Mesopotamiyada shumerlar manzilgohlari vujudga kela boshladi.
Sargon I Akkad va Shumer shaharlarini o‘z hokimiyati ostida birlashtirdi.
Bobil Mesopotamiya janubidagi eng yirik qudratli davlatga aylandi.
23. Qachondan boshlab Rimning barcha fuqarolari mavqeidan qat’i nazar qonun oldida teng deb hisoblanadigan qonunlar qabul qilindi?
Miloddan avvalgi IV asr oxirlariga kelib
Miloddan avvalgi III asr boshlariga kelib
Miloddan avvalgi II asr boshlariga kelib
Miloddan avvalgi I asr oxirlariga kelib
24. Quyidagi qaysi shaxs “Allohning birligi” asarining muallifi hisoblanadi?
Tabariy
Hakim at-Termiziy
Mahmud Zamaxshariy
Abu Mansur al-Moturidiy
25. Zardushtiylik ta’siri ostida “Zardusht tavallosi” asarini yozgan faylasufni belgilang.
O.Shpengler
F.Nitsshe
Z.Freyd
R.Kipling
26. Qullikka solingan Gruziya va Shimoliy Kavkaz aholisi kimlar deb atalgan?
Burlar
Mamluklar
Kazaklar
Durroniylar
27. VIII asrdan boshlab “Poytaxt axboroti” nomli gazeta qaysi shaharda chiqa boshlagan?
Rimda
Qohirada
Pekinda
Damashqda
28. Buyuk geografik kashfiyotlarda Atlantika okeani bo‘ylab suzishni boshlab bergan xalqni belgilang.
Portugallar
Inglizlar
Gollandlar
Ispanlar
29. Sovet Ittifoqi Millatlar Ligasiga a’zo bo‘lgan yilni toping.
1934-yil
1935-yil
1936-yil
1937-yil
30. Xitoy tarixchisi Syuan Szyan Hindistonda bo‘lgan davrda tarixda yana qanday voqea sodir bo‘lganligini aniqlang.
G‘arbiy Turk xoqonligi hukmdorlik qarorgohini Choch viloyatiga ko‘chirdi.
O‘rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkistondan ko‘chmanchi xion qabilalari kirib keldi.
Kat shahri Xorazm davlatining poytaxtiga aylandi.
Hindistonda Guptalar davlati parchalandi.
31. Quyidagi qaysi sohalarning rivojlanishi natijasida miloddan avvalgi VII–VI asrlarda O‘zbekiston hududida qadimgi shaharlar rivojlangan?
Dehqonchilik, chorvachilik
Chorvachilik, hunarmandchilik
Hunarmandchilik, savdo-sotiq
Savdo-sotiq, dehqonchilik
32. Qo‘qon xonligida mirza mansabi egasi qanday vazifani bajarar edi?
Moliya va xazina ishlarini boshqargan
Qo‘shinning bosh qo‘mondoni bo‘lgan
Xazinaga tushgan tushumning hisobini olib borgan
Xonlik devonxona ishlarini yurituvchi maxsus shaxs bo‘lgan
33. “Interdikt” atamasiga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni toping.
Gunohlardan kechish yorliqlarini sotish yorliqlarini sotish
Ibodat va marosimlarning vaqtinchalik taqiqlanishi
Dahriylarga qarshi kurashish uchun cherkov sudi
Mahkum etilganlarni gulxanda yondirish
34. Germaniya shimolidagi shaharlarning yuksalishiga olib kelgan holat bu – …
Italiyaning bosib olinishi
Nemis salibchi ritsarlarining Bolqon davlatlariga bosqini
Nemis salibchi ritsarlarining Boltiqbo‘yidagi istilolari
Ganza shaharlari ittifoqining Daniya qirolligiga qarshi yurishlari
35. Xronologik tartibda berilgan javobni toping. 1. Safaviylar davlati vujudga keldi. 2. Qojarlar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi. 3. Nodirquli Eron shohi deb e’lon qilindi. 4. Eron shohi Sulton Husayn hokimiyatni afg‘onlar yetakchisi Mir Mahmudga topshirishga majbur bo‘ldi.
4, 3, 2, 1
3, 2, 4, 1
1, 4, 2, 3
1, 4, 3, 2
36. Mesopotamiyada vujudga kelgan shahar-davlatlarda podsho davlatni kimlarga tayangan holda boshqargan?
Dehqon, hunarmand va savdogarlarga
Qabila sardorlari, oqsoqol va aslzodalarga
Saroy a’yonlari, qarindoshlari va viloyat noiblari
Aslzodalar, kohinlar va harbiy qo‘shinlarga
37. Sargon I nima maqsadda barcha shaharlar uchun yagona bo‘lgan uzunlik, og‘irlik, maydon o‘lchovini joriy qildi?
Davlatni siyosiy mustahkamlash
Savdo-sotiqni rivojlantirish
Soliq tushumlarini ko‘paytirish
Boshqa hukmdorlardan ajralib turish
38. Quyidagi ma’lumotlarning qaysi biri xato berilgan?
Baqtriya, So‘g‘diyona va Marg‘iyona Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirgan.
Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurishlaridan so‘ng Xorazm, Toshkent va Farg‘ona hududlari mustaqil qolgan.
O‘rta Osiyo bo‘yicha eng qadimgi yozuv Qo‘yqirilganqal’a yodgorligidan topilgan.
Qang‘ davlatining poytaxti bo‘lgan Qang‘dez shahri xarobalari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidan topilgan.
39. Hindistonda Malla, Koshala, Magadha davlatlari qachon vujudga kelgan?
Mil. av. VIII–VII asrlarda
Mil. av. V–IV asrlarda
Mil. av. IV–III asrlarda
Mil. av. VII–VI asrlarda
40. XVII asrning birinchi choragida xristian dinini taqiqlovchi qonun qabul qilingan davlat tarixida 1889-yilda … . Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni toping.
Harbiy tibbiy bilim yurti kursantlari tomonidan “Birlik va taraqqiyot” tashkiloti tuzildi.
Ingliz monopolisti tomonidan “Shahanshohbank” ochildi.
Yaponiyaga tovon to‘lashni to‘xtatishni talab qilgan tashkilot harakatlari qo‘zg‘olonga aylandi.
Prussiya Konstitutsiyasi asosida Konstitutsiya qabul qilindi.
41. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti mas’ul sekretari etib tayinlangan shaxslar berilgan javobni toping.
Akmal Ikromov, Vladimir Ivanov
Akmal Ikromov, Ivan Tobolin
Fayzulla Xo‘jayev, Fyodor Kobozev
Fayzulla Xo‘jayev, Vladimir Ivanov
42. Tashqi siyosat bilan bog‘liq “yangicha siyosiy tafakkur” tashabbusini qaysi davlat ilgari surgan?
AQSH
Yaponiya
Fransiya
SSSR
43. Marko Polo (1) va Iogann Gutenberg (2) bilan zamondosh bo‘lgan shaxslarni aniqlang.
1 – Salohiddin Ayyubiy, 2 – Ivan Kalita
1 – Bonifatsiy VIII, 2 – Rojer Bekon
1 – Ioann Saxiy, 2 – Ivan III
1 – Rudolf Gabsburg, 2 – Mehmet II
44. XIX asr oxirlarida quyidagi hududlar qaysi davlatning mustamlakasi bo‘lganini aniqlang. 1. Zululend 2. Bunoro 3. Tunis
1 – Buyuk Britaniya, 2 – Germaniya, 3 – Turkiya
1 – Fransiya, 2 – Fransiya, 3 – Turkiya
1 – Buyuk Britaniya, 2 – Germaniya, 3 – Italiya
1 – Buyuk Britaniya, 2 – Buyuk Britaniya, 3 – Fransiya
45. 1865-yil (a) va 1888-yilda (b) qaysi davlatlarda qullik bekor qilingan?
(a) – Hindiston, (b) – Braziliya
(a) – AQSH, (b) – Braziliya
(a) – AQSH, (b) – Meksika
(a) – AQSH, (b) – Argentina
46. Yangi davrda yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi tufayli dastlab qaysi davlatlar jadal rivojlandi?
Angliya va Gollandiya
Portugaliya va Ispaniya
Ispaniya va Gollandiya
Portugaliya va Angliya
47. Qadimgi dunyoda qaysi xalqning yozuvi so‘z va jumlalardan iborat bo‘lgan?
Mesopotamiya
Misr
Eron
Xitoy
48. Quyidagi davlatlar orasidan o‘z hududiga zamonaviy Afg‘oniston hududlarini qamrab olganlarini belgilang. 1. Xioniylar davlati. 2. Kushon podsholigi. 3. Oltin O‘rda. 4. Amir Temur davlati. 5. Usmoniylar davlati. 6. Sharqiy Turk xoqonligi.
1, 2, 5
2, 4, 6
1, 2, 4
2, 3, 5
49. Quyidagi qaysi hodisa slavyan xalqlari orasida Rossiya obro‘yiga putur yetkazgan?
San-Stefano shartnomasining imzolanishi
Avstriya-Vengriyaning Bosniya va Gersogovinani bosib olishi
Turkiya va Serbiya urushida Turkiya qo‘lining baland kelishi
Berlin kongressining chaqirilishi
50. N.Korolkov Turkiston general-gubernatori bo‘lishidan oldin qaysi hudud gubernatori bo‘lgan?
Sirdaryo
Namangan
Yettisuv
Farg‘ona