Hurmatli tarix fani ustozlari, shu testlarning to'g'ri javoblarini tayyorlashga yordam bersangizlar. Qaysi testning javobini bilsangiz iltimos izohlarda yozib qoldiring. RAHMAT
1. Dars jarayonida oʻquvchilar mavzuni tushunayotganligini bilish uchun oʻqituvchi dastlab nima qilishi kerak?
oʻz‑oʻzini baholashini talab etish kerak
qisqa test savollariga javob olish kerak
savol javob usulidan foydalanishi kerak
uy vazifasini tekshirishi kerak
2. Sinf ota-onalar qo‘mitasining asosiy vazifasi …
sinfni moddiy ta'minlash masalalariga ko‘maklashish
o‘quvchilar ta’lim va tarbiyasi ustidan nazorat o‘rnatish va monitoring qilish
sinf rahbariga bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarda yordam berish
o‘quvchilarning qiziqishi va bilimga intilishini muntazam rag‘batlantirish
3. “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”. Bu huquq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida belgilangan?
40-modda
50-modda
44-modda
60-modda
4. Kompetensiyaviy taʼlim yondashuvida oʻquvchilarning bilim va koʻnikmalarini baholashdan asosiy maqsadlar nimalardan iborat?
taʼlimiy ehtiyojlarni aniqlash; oʻqishga boʻlgan motivatsiyani oshirish; oʻzlashtirish darajasini aniqlash
taʼlimning keyingi bosqichiga tayyorlash; uzviylikni taʼminlash; taʼlim mazmunini amalga oshirish
sinfdan sinfga koʻchirish; oʻquvchilar bilimidagi boʻshliqlarni aniqlash; taʼlim sifatini oshirish
oʻzlashtirish darajasi boʻyicha tabaqalashtirish; DTS talablarini bajarish; taʼlim sifatini oshirish
5.
O‘qituvchi sinf rahbari sifatida ota-onalar bilan ishlashda qanday vazifalarni bajaradi? 1) ota-onalarni bolalar bilan birgalikdagi faoliyatga jalb qiladi 2) oilaviy shart-sharoitlarni o‘rganadi 3) ota-onalarga ijtimoiy muammolarni hal qilishda yordam beradi 4) ota-onalarni maktabning o‘quv jarayoni bilan tanishtiradi 5) ota-onalarning bola tarbiyasiga oid vazifalarini o‘z zimmasiga oladi
1, 3, 4
2, 3, 5
1, 2, 4
1, 4, 5
6. O‘qituvchi fan olimpiadasida ishtirok etish uchun kuchli o‘quvchilardan birini emas, o‘z farzandini tanladi. Ushbu holat qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?
o‘qituvchining farzandi yuqori o‘rin egallashiga
o‘quvchilar orasida nosog‘lom muhitning yaratilishiga
maktab jamoasida o‘qituvchining obro‘sini ko‘tarilishiga
o‘quvchilar orasida raqobatning kuchayishiga
7. Psixologik testlar.
odam psixikasining sifatlari, qobiliyatlari va shaxsning taraqqiyot darajasini aniqlab beradigan standartlashtirilgan vazifalar
odam psixikasini o‘rganishdagi vazifalar to‘plami
tekshiruvchilarning masala yechish, vazifalarini bajarishini kuzatish
psixik hodisalarni tushuntirib beruvchi usullar majmuidir
8. O‘qituvchi va o‘quvchining ijobiy psixologik muhitni yaratishga qaratilgan, darsda va darsdan tashqari jarayonlardagi o‘zaro hamkorlik nima deb ataladi?
pedagogik kasbiy layoqat
pedagogik tajriba
pedagogik o‘zaro munosabat
pedagogik faollik
9. O‘quvchini darsda faollashtirish uchun o‘qituvchi nima qilishi kerak?
yuqori baho qo‘yish
motivatsiyasini oshirish
mustaqil ish berish
yuklamani oshirish
10. Muayyan millatga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rganuvchi fan:
Milliy psixologiya
Sotsial psixologiya
Oila psixologiyasi
Etnopsixologiya
11. Quyidagi soliq va majburiyatlar qaysi davlatlarda mavjud bo‘lganini aniqlang. 1. Tutun haqi 2. Zobitona 3. Tanobona
(1) – Xiva xonligi, (2) – Buxoro xonligi, (3) – Qo‘qon xonligi
(1) – Qo‘qon xonligi, (2) – Xiva xonligi, (3) – Xiva xonligi
(1) – Qo‘qon xonligi, (2) – Buxoro xonligi, (3) – Buxoro amirligi
(1) – Buxoro xonligi, (2) – Xiva xonligi, (3) – Buxoro amirligi
12. Eftaliylar davlati boshqaruvi haqida berilgan fikrlar ichidan faqat to‘g‘rilarini toping. 1. Eftaliylar davlati yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan. 2. Taxt otadan bolaga meros qilib qoldirilgan. 3. Bu davlat qabilalar ittifoqidan iborat bo‘lgan. 4. Bu davlatda taxtga nomzodni aniqlab beradigan kengash bo‘lgan. 5. Taxtga nomzodni aniqlab beradigan kengash sulolaning mo‘tabar zotlari va saltanatning obro‘li a’yonlaridan iborat bo‘lgan. 6. Viloyatlardagi boshqaruv mahalliy xonadonlar (sulolalar) tomonidan olib borilgan. 7. Viloyatlardagi mulklar hukmdor – sho(shoh)ga tobe sulolalar tomonidan boshqarilgan. 8. Viloyatdagi shohga tobe sulolalar oltin va kumush tangasini zarb qilgan.
1, 3, 4, 5, 8
1, 4, 5, 6, 7
1, 2, 4, 5, 7
1, 3, 5, 6, 8
13. Yozma manbalarda vizantiyalik tarixchilar tomonidan “slavyanlar” atamasi ishlatila boshlagan asrda ro‘y bergan voqealarni toping. 1.Yutlar Kent viloyatini bosib oldilar. 2.Vizantiyaga slavyan qabilalarining o‘rnashishi boshlandi. 3.Vizantiya qo‘l ostidan Suriya va Misr chiqib ketdi. 4. Rimliklar Britaniyani tashlab ketdilar. 5. Yevropada ikki dalali almashlab ekishga o‘tildi. 6. O‘rta Osiyoga eftaliylar bostirib kirdi. 7. Amvrosiy Avrelian hukmronlik qildi. 8. Yerga o‘z erkinligini yo‘qotgan franklar ham ishlov bera boshladilar. 9. German jamoalari boylar va kambag‘allarga ajrala boshladi.
1, 3, 4, 6
2, 7, 8
2, 3, 9
1, 5, 7, 8
14. Sayid Olimxon Peterburgga o‘qishga ketgan yilda quyidagi qaysi shaharda jadid maktabi ochilgan edi?
Qo‘qon
Andijon
Buxoro
Toshkent
15. Quyidagi hukmdorlardan otasidan keyin taxtga o‘tirmaganlarini aniqlang. 1. Amir Haydar 2. Imomqulixon 3. Umarxon 4. Abdurahimbiy 5. Muhammad Rahimxon I 6. Eltuzar
1, 4, 6
2, 3, 4
2, 5, 6
2, 3, 5
16. Qaysi yilda Homid Karzay Afg‘oniston prezidenti etib saylandi?
1999-yil
2003-yil
2004-yil
2005-yil
17. XVIII asrdan boshlab yevropaliklarning kirib kelishi qaysi davlatning azaliy an’analariga ta’sir ko‘rsatdi?
Hindiston
Xitoy
Turkiya
Eron
18. Qaysi davlatdagi sotsialistik partiya diniy ta’limni bekor qilish uchun kurash olib borgan?
Avstriya-Vengriya
Italiya
Germaniya
Argentina
19. Rossiya tomonidan quyidagi hududlarga yuklatilgan tovon pulini mos ravishda belgilang (rubl). 1. Xiva 2. Buxoro 3. Qo‘qon
(1) – 2 mln 200 ming, (2) – 800 ming, (3) – 3 mln
(1) – 2 mln 200 ming, (2) – 500 ming, (3) – 2 mln
(1) – 2 mln, (2) – 1 mln, (3) – 3 mln
(2) – 500 ming, (2) – 800 ming, (3) – 3 mln
20. Mustaqillik yillarida quyidagi qaysi allomalar tavalludining 675 yilligi (a) va 600 yilligi (b) nishonlanganini aniqlang.
(a) – B. Naqshband, (b) – N. Kubro
(a) – Xoja Ahror Valiy, (b) – B. Marg‘inoniy
(a) – B. Naqshband, (b) – Xoja Ahror Valiy
(a) – Al Moturidiy, (b) – Beruniy
21. Nechanchi yilda Kuba AQSHning ruxsatisiz birorta davlat bilan ittifoq tuzish yoki o‘zining ichki siyosatiga o‘zgartirish kiritish huquqidan mahrum etildi?
1898-yilda
1899-yilda
1901-yilda
1903-yilda
22. XVI–XVIII asrlarda qaysi davlatlar o‘rtasidagi chegara hududlarda birinchi navbatda Italiyaga ta’sir etish uchun tez-tez ziddiyatlar bo‘lib turgan?
Fransiya, Angliya
Fransiya, Germaniya
Germaniya, Ispaniya
Ispaniya, Fransiya
23. Xorazm hududlari bir necha mayda hokimliklarga bo‘linib ketgan asrda ... .
O‘rta asrlar tarixi davri boshlandi.
Xioniylar hukmronligi boshlandi.
Kidariylar O‘rta Osiyo hududlariga kirib keldi.
Kushon davlati parchalandi.
24. Sargon I nima maqsadda barcha shaharlar uchun yagona bo‘lgan uzunlik, og‘irlik, maydon o‘lchovini joriy qildi?
Davlatni siyosiy mustahkamlash
Savdo-sotiqni rivojlantirish
Soliq tushumlarini ko‘paytirish
Boshqa hukmdorlardan ajralib turish
25. Oltin O‘rda davlatida vazir va uning yetakchiligidagi devon qanday ishlarni boshqargan?
Soliqlar, harbiy va moliya ishlarini
Soliqlar, harbiy va savdo ishlarini
Soliqlar, moliya va savdo ishlarini
Soliqlar, harbiy, savdo va moliya ishlarini
26. Xorazmning Afrig‘ shohlari tomonidan zabt etilgan kumush tangalarning old va orqa tomoniga nimaning tasviri tushirilgan?
Old tomoniga shoh surati, orqa tomoniga burgut surati
Old tomoniga burgut surati, orqa tomoniga lochin surati
Old tomoniga shoh surati, orqa tomoniga suvoriy surati
Old tomoniga suvoriy surati, orqa tomoniga burgut surati
27. VIII asrdan boshlab “Poytaxt axboroti” nomli gazeta qaysi shaharda chiqa boshlagan?
Rimda
Qohirada
Pekinda
Damashqda
28. Qadimgi Hindistonda “shudralar” deb atalgan kastaga aholining qaysi qatlami kirgan?
Hunarmand va savdogarlar
Kohinlar (Hind ruhoniylari)
Jangchilar (harbiylar)
Xizmatkorlar va qullar
29. Qachondan boshlab Hind daryosi vodiysida katta shaharlar vujudga kela boshladi?
Mil. av. 4-mingyillikda
Mil. av. 2-mingyillikda
Mil. av. 3-mingyillikda
Mil. av. 1-mingyillikda
30. Qullikka solingan Gruziya va Shimoliy Kavkaz aholisi kimlar deb atalgan?
Burlar
Mamluklar
Kazaklar
Durroniylar
31. Quyidagi qaysi voqealar orasidagi farq bir yilni tashkil etadi?
Xitoyda mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olon boshlandi, sayyidlar sulolasi hukmronligi tugadi.
Muso I Makkaga haj safari uyushtirdi, Muhammad Tug‘luq taxtga o‘tirdi.
Dehli sultonligi tashkil topdi, Temuchin ulug‘ xon deb e’lon qilinadi.
Berkaxon vafot etdi, Shamsiddin Eltutmish taxtga o‘tirdi.
32. Sun sulolasi davridagi Xitoyning yirik savdo va hunarmandchilik markazlarini aniqlang.
Yanchjou, Xanchjou, Kayfin
Kayfin, Chendu, Uchan
Pekin, Yanchjou, Kayfin
Chendu, Shanxay, Uchan
33. Temuriylar davlatida kim “Qiblat ul-kuttob” (Kotiblar qiblasi) va “Sulton ul-xattotin” (Xattotlar sultoni) nomlari bilan shuhrat topadi?
Sultonali Mashhadiy
Mahmud Muzahhib
Mirxond
Mirali Tabriziy
34. Indoneziyada 2014-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida kim g‘alaba qozongan edi?
Mahathir Muhammad
Joko Vidodo
Megavati Sukornoputri
Rodrigo Duterte
35. Qaysi olim Dekartning inson to‘g‘risidagi tasavvurlarini inkor etib, fenomenologik yondashuv yordamida ongsizlikni tahlil qilish mumkinligini asoslab berdi?
O.Roden
Z.Freyd
F.Nitsshe
R.Shtraus
36. Somoniylarning harbiy yurishlari, hukmron sulolaning ichki nizolari, mahalliy hokimlarning boshboshdoqchilik siyosati oqibatida ...
Davlatda siyosiy inqiroz yuz berdi.
Mamlakatda iqtisodiy tanglik kelib chiqdi.
Kam yerli aholidan yerlarni tortib olish holati kuchaydi.
Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi yuz berdi.
37. Mesopotamiyada vujudga kelgan shahar-davlatlarda podsho davlatni kimlarga tayangan holda boshqargan?
Dehqon, hunarmand va savdogarlarga
Qabila sardorlari, oqsoqol va aslzodalarga
Saroy a’yonlari, qarindoshlari va viloyat noiblari
Aslzodalar, kohinlar va harbiy qo‘shinlarga
38. XIX asr oxiri − XX asr boshlarida ... dunyo sarmoyador davlatlarining yarim mustamlakasiga aylandi. Shoh tuzumi va mustamlakachilik zulmi xalq ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Mamlakatda noroziliklar kuchaydi.
Hindiston
Eron
Turkiya
Yaponiya
39. Quyidagi ma’lumotlardan faqat to‘g‘rilarini aniqlang. 1. Meksikada qishloq ruhoniysi Migel Idalgoni mahalliy aholi, ayniqsa, hindular sevar edi, u hindular tilini bilar edi. 2. “Samoviy mo‘l-ko‘lchilik davlati” Yanszi viloyatida vujudga kelgan edi. 3. K. Palen – 1882–1884-yillarda Turkistonni tekshirgan imperatorning maxfiy maslahatchisi. Turkiston aholisini armiyaga chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqqan. 4. Jo‘rabek va Bobobek – Qo‘qon xonligidagi milliy ozodlik harakati yetakchilari. Ularni Skobelev boshchiligidagi qo‘shin mag‘lub etgan. 5. Buxoro amirligida muntazam qo‘shin tuzishni Amir Haydar boshlab berdi. Muntazam qo‘shin “navkariya” deb ataldi. 6. Murodxon – Amir Umarxonning o‘g‘li. 1842-yili Qo‘qon xoni bo‘lgan.
1, 3, 4
1, 2, 5
2, 5, 6
2, 3, 5
40. Quyidagi qaysi hodisa slavyan xalqlari orasida Rossiya obro‘yiga putur yetkazgan?
San-Stefano shartnomasining imzolanishi
Avstriya-Vengriyaning Bosniya va Gersogovinani bosib olishi
Turkiya va Serbiya urushida Turkiya qo‘lining baland kelishi
Berlin kongressining chaqirilishi
41. 2003-yili qaysi davlatda qabul qilingan konstitutsiya saylovlar va siyosiy partiyalar tuzish uchun yo‘l ochib bergan edi?
Eronda
Pokistonda
Turkiyada
Afg‘onistonda
42. Javoblarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1. Ahamoniylar davlati tashkil topdi. 2. Dovon yuksak taraqqiy etgan davlatga aylandi. 3. O‘rta Osiyo hududida ilk tanga pullar tarqaldi.
2, 3, 1
2, 1, 3
1, 3, 2
3, 1, 2
43. Qaysi davr manzilgohlari insonlari har xil hunarmandchilik, to‘quvchilik, kulolchilikni rivoj toptirishda, zeb-ziynat buyumlarini yasashda va qurilish sohasida ham ulkan yutuqlarga erishdi?
Neolit davri
Eneolit davri
Bronza davri
Temir davri
44. O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o‘tkazilgach, O‘zbekiston XKS raisi (a) va O‘zbekiston MIQ raisi (b) lavozimlarini kimlar egallaganini aniqlang.
(a) – Fayzulla Xo‘jayev, (b) – Yo‘ldosh Oxunboboyev
(a) – Akmal Ikromov, (b) – Nizomiddin Xo‘jayev
(a) – Fayzulla Xo‘jayev, (b) – Turor Risqulov
(a) – Turor Risqulov, (b) – Abduqodir Muhiddinov
45. Yangi davrda yevropaliklar tomonidan Hindiston va Amerikaga dengiz yo‘llarining ochilishi tufayli dastlab qaysi davlatlar jadal rivojlandi?
Angliya va Gollandiya
Portugaliya va Ispaniya
Ispaniya va Gollandiya
Portugaliya va Angliya
46. Davlatga asos solmagan hukmdorni aniqlang.
Kir II
Kudzula Kadfiz
Demetriy
Diodot
47. Amir Temur uch, besh va yetti yillik harbiy yurishlaridan so‘ng o‘z ta’sir doirasiga kiritgan hududlarni belgilang.
Eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom (Suriya)
Hindiston, Eron, Turkiya
Xitoy, Turkiya, Oltin O‘rda
Turkiya, Oltin O‘rda, Eron, Shom (Suriya)
48. Germaniyaning 1871-yilda qabul qilingan konstitutsiyasiga muvofiq, qaysi hudud imperiya tarkibiga “maxsus imperiya viloyati” bo‘lib kirgan?
Elzas
Lotaringiya
Bremen
Elzas va Lotaringiya
49. Quyidagi islohotlar qaysi hukmdor davriga oid ekanini aniqlang. 1. “100 moddali farmon” joriy etgan. 2. Yangi-yangi karvonsaroylar va savdo yo‘llari qurildi, muntazam qo‘shin tuzildi. 3. To‘g‘onlar, suv omborlari qurildi, ocharchilik holati uchun maxsus don omborlari tashkil qilindi.
1 – Toyotomi Hidayosi, 2 – Amir Abdurahmon, 3 – Yonchjon
1 – Yosimune Tokugava, 2 – Abbos I, 3 – Yongjo
1 – Abbos I, 2 – Abbos I, 3 – Yonchjon
1 – Oda Nabunaga, 2 – Abbos I, 3 – Yosimune Tokugava
50. Quyidagilardan eng to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
Tuproqqal’a va Qo‘yqirilganqal’a bir davrga oid yodgorlik hisoblanadi.
Yunonlar baqtriyaliklardan binokorlik va san’at buyumlari yasash sohalarini o‘zlashtirdilar.
Mil. av. II asrda va milodiy dastlabki asrlarda Xorazmda kumush va mis tangalar zarb qilingan.
Kushon podsholigi hududiga Hindiston, Xo‘tan, Afg‘oniston, O‘zbekistonning janubiy hududlari kirgan.