Biologiya fani o'qituvchilari uchun diagnostika testi » BELLASHUV.UZ
---

Biologiya fani o'qituvchilari uchun diagnostika testi

Поделиться:



1. Taʼlimda AKTdan foydalanish samaradorligining pastligi qanday omillar bilan bevosita bogʻliq deb oʻylaysiz?

  • har bir oʻquvchi alohida kompyuter bilan taʼminlanmaganligi

  • Internet global tarmogʻiga yuqori tezlikda ulanmaganligi

  • oʻqituvchida AKTdan foydalanish metodikasining mavjud emasligi

  • maktablarda AKTni yetarli darajada moliyalashtirilmasligi

2. Qaysi taʼlim texnologiyasi oʻquvchilarda tadqiqotchilik koʻnikmalarini rivojlantirishda yuqori samara beradi?

  • evristik

  • shaxsga yoʻnaltirilgan

  • faollashtiruvchi

  • rivojlantiruvchi

3. “Juftlik va kichik guruhda har bir aʼzoning shaxsiy va guruh muvaffaqiyati uchun javobgarligi, faoliyat natijasini umumiy baholanishi” tamoyili qanday taʼlim texnologiyalasining mohiyatini ifodalaydi?

  • hamkorlik taʼlim texnologiyasi

  • muammoli taʼlim texnologiyasi

  • oʻyin texnologiyasi

  • shaxsni boshqaruvchi texnologiyasi

4. Ushbu nazorat turi chorak yakunida va fanning tegishli boʻlimi tugallanganidan keyin oʻtkaziladi. Oʻquvchilar bilimini nazorat qilishning qaysi turi haqida gap ketyapti?

  • joriy nazorat

  • bosqichli nazorat

  • oraliq nazorat

  • yakuniy nazorat

5.

“Venn” diagrammasidan qanday maqsadlarda foydalanish lozim?

  • tahlil qilish va taqqoslashda

  • fikrni umumlashtirishda 

  • muammoni hal qilishda 

  • vaziyatlarni sahnalashtirishda 

6. Darsda o‘quvchi berilgan vazifani bajarishni xohlamasligi haqida fikr bildirdi. O‘qituvchi bu holatda qanday yo‘l tutishi kerak?

  • o‘quvchining xohish va istaklari umuman inobatga olinmasligi kerak 

  • o‘quvchiga boshqa turdagi topshiriq berish kerak

  • o‘quvchiga tanbeh berish va past baho qo‘yish kerak

  • topshiriqni uyda mustaqil ravishda bajarib kelishni topshirish kerak

7. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotga kirishishda, ular bilan o‘zaro munosabat o‘rnatishda qaysi qobiliyat egasi bo‘lishi kerak?

  • kognitiv

  • kommunikativ

  • perseptiv

  • ijodiy

8. Quyidagilarning qaysi biri verbal muloqotga misol bo‘la oladi?

  • topshiriqni og‘zaki tarzda berish

  • taqdimotlar orqali topshiriq berish

  • yozma shaklda topshiriq berish

  • tarqatma materiallar orqali topshiriq berish

9. O‘qituvchining kasbiy mahorati va rivojlanishiga ta’sir qiladigan asosiy omillarga nimalar kiradi? 1) ijtimoiy hayotning ta’siri 2) oilaviy shart-sharoiti 3) salohiyatli jamoaning ta’siri 4) ARMning mavjudligi 5) rahbarning bergan motivasiyasi

  • 2, 4, 5 

  • 2, 3, 5 

  • 1, 2, 3 

  • 1, 4, 5

10. O‘quvchining o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasi tarkibini ko‘rsating.

  • ichki, tashqi va shaxsiy 

  • bilim, ko‘nikma va malaka 

  • qadriyat, orttirilgan qobiliyat

  • tajriba, ehtiyoj, tug‘ma qobiliyat

11. Ayrim ikki pallali molluskalarda jinsiy dimorfizmning kuzatilmasligi ……….. (a) mezonning, kanareykalarning har xil turlari o‘zaro chatishib nasl berishi ………….. (b) mezonning kamchiligi hisoblanadi. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.

  • a – morfologik,b – genetik 

  • a – morfologik, b – fiziologik

  • a – fiziologik, b – genetic

  • a – genetik, b – biokimyoviy

12. Birlamchi konsument (a), ikkilamchi konsument (b) umurtqali organizmlar ko‟rsatilgan javobni aniqlang. 1) taqaburun; 2) ko‟l baqasi; 3) O‟rta osiyo toshbaqsi; 4) qaldirg‟och; 5) chuchuk suv gidrasi; 6) botqoq toshbaqasi; 7) hasva qandalasi; 8) kabarga; 9) chigirtka; 10) zubr

  • a-7,9; b-4,5

  • a-3,4; b-1,2

  • a-8,10; b-1,6 

  • a-6,10; b-3,4

13. Kapalaklarda tananing rangli va qanotlarida o‘simtalarning bo‘lishi dominant autosomada birikkan holda irsiylanadi (krossingover 6%). Digeterozigota urg‘ochi kapalak (dominant genlarning biri otadan, biri onadan o‘tgan) tanasi rangsiz, qanotida o‘simtalar bo‘lmagan erkak kapalak bilan chatishtirilganda 800 ta avlod olindi. Avloddagi kapalaklarning qanchasi bir belgisi bo‘yicha dominant kapalaklar?

  • 356

  • 48

  • 752

  • 400

14. Filogenezni faqat embrional davrda takrorlaydigan organizmlarni aniqlang. 1) agama, 2) lira, 3) ko‘lbuqa, 4) qurbaqa, 5) assidiya, 6) kvaksha

  • 1, 2, 4

  • 4, 5, 6

  • 1, 2, 3

  • 3, 4, 5

15. Quyidagilar orasidan noto‘g‘ri fikrni aniqlang.

  • Tashqi muhitning muayyan ta’sir etishida bir tur, zot, navga mansub organizmlar va ularning kelgusi avlodi bir xil yo‘nalishda o‘zgaradi.

  • Nomuayyan irsiy o‘zgaruvchanlik katta ahamiyatga ega emas, chunki u nasldan naslga o‘tmaydi.

  • Nomuayyan o‘zgaruvchanlikda tashqi muhit omillari ta’sirida bir tur, zot, navga kiruvchi organizmlar turli yo‘nalishda o‘zgaradi.

  • Nomuayyan irsiy o‘zgaruvchanlik tabiiy sharoitda turlar paydo bo‘lishida nihoyatda muhim rol o‘ynaydi.

16. Tug‘ma uzoqni ko‘rish nima bilan bog‘liq va bu holat qanday tuzatiladi.

  • Ko‘z kosasining qisqa bo‘lishi bilan bog‘liq, bunday odam ikki tomoni botiq linzali ko‘zoynak taqadi.

  • Ko‘z kosasining cho‘ziq bo‘lishi bilan bog‘liq, bunday odam ikki tomoni tomoni qabariq linzali ko‘zoynak taqadi. 

  • Ko‘z kosasining qisqa bo‘lishi bilan bog‘liq, bunday odam ikki tomoni tomoni qabariq linzali ko‘zoynak taqadi. 

  • Ko‘z kosasining cho‘ziq bo‘lishi bilan bog‘liq, bunday odam ikki tomoni botiq linzali ko‘zoynak taqadi.

17. O‘simlik mitoxondriyasida oksidlanish jarayonida 36 molekula ATF sintezlangan bo‘lsa, sitoplazmada qancha energiya (kJ) issiqlik sifatida tarqalgan (a) va shu vaqt davomida xloroplastda hosil bo‘lgan ATF molekulasi sonini (b) aniqlang.

  • a-120; b-1140

  • a-240; b-4320

  • a-120; b-1080

  • a-240; b-2280

18. Qariqizda yorug‘lik energiyasi hisobiga 2160 mol ATF hosil bo‘ldi. Shu vaqtda o‘simlik mitoxondriyasida kislorodli parchalanish natijasida hosil bo‘lgan energiya miqdorini kj da aniqlang.

  • 5600 kj

  • 5200 kj

  • 2320 kj

  • 2880 kj

19. Sichqonlarning rangi ikki juft allel bo‘lmagan va birikmagan genlar bilan ifodalanadi. Birinchi juftning genning dominant alleli - kulrang, retsessiv alleli esa qora rangli bo‘lishini; ikkinchi juft genning dominant alleli rangning hosil bo‘lishiga yordam qiladi, uning retsessiv alleli esa rang hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Kulrang sichqonlar o‘zaro chatishtirilganda 82 kulrang, 35 oq va 27 qora rangli avlodlar paydo bo‘lgan. Bularda fenotipik nisbatni aniqlang.

  • 0.50209490740741

  • 0.37917824074074

  • 0.54375

  • 0.37712962962963

20. Suttikandoshlar oilachasiga xos xususiyatni aniqlang.

  • To‘pgulli asosan ikki jinsli, naysimon gullardan iborat. Qoqio‘t - bu oilachaning vakili.

  • To‘pgulli asosan ikki jinsli, tilsimon gullardan iborat. Maxsar - bu oilachaning vakili.

  • Gullari ba’zan soxta tilsimon va voronkasimon gullardan iborat bo‘ladi.

  • Bo‘tako‘z, bo‘yimadaron, shuvoq, kakra, karrak shu oilachaga kiradi. 

21. Bosh miyaning qaysi qismi ichki organlar ishini muvofiqlashtirib turadi?

  • uzunchoq miya

  • o‘rta miya

  • varoliyev ko‘prigi

  • oraliq miya

22. Kollenxima uchun xos xususiyatlarni aniqlang. 1) qalin qobiqli, cho‘ziq o‘lik hujayralardan iborat 2) xloroplastlarga ega bo‘lishi bilan po‘st parenximasi hujayralariga o‘xshaydi 3) G. xirzutumda bu hujayralarda 26 ta xromosoma mavjud 4) o‘simlik ontogenezida meristemadan shakllanadi

  • 1, 4

  • 2, 3

  • 1, 3

  • 2, 4

23. Ayirish sistemasi qon aylanish sistemasi bilan bog‘langan, germafrodit hayvonlarni aniqlang. 1) yomg‘ir chuvalachangi, 2) bitiniya, 3) kichik suv shillig‘i, 4) dreysena, 5)) qizil chuvalchang, 6) ustritsa 7) tirik tug‘ar shilliq

  • 1, 5, 7

  • 2, 4, 6

  • 2, 3, 6

  • 2, 3, 7

24. Qaysi markazlar bitta yarimsharda joylashgan?

  • gapirish va musiqa

  • chamalash va geometrik shakllarni aniqlash

  • hisoblash va chamalash

  • o‘qish va geometrik shakllarni aniqlash

25. Katta qon aylanish doirasi uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang. 1) o‘pka to‘qimasini arterial qon bilan ta’minlaydi; 2) chap bo‘lmachada tugaydi; 3) to‘rtta o‘pka venalari orqali o‘tadi; 4) o‘ng bo‘lmachada tugaydi; 5) tojsimon arteriyalar orqali o‘tadi; 6) o‘pka to‘qimasini venoz qon bilan ta’minlaydi

  • 1, 4, 5

  • 2, 3, 6

  • 1, 3, 6

  • 2, 4, 5

26. Zanjir tipdagi nerv sistemasiga ega bo‘lgan, ayirish sistemasi qon aylanish sistemasi bilan bog‘langan hayvonlar berilgan qatorni toping.

  • nereida, dengiz o‘troq ko‘p tuklisi

  • omar, krevatka, dafniya

  • bitiniya, perlovitsa, ustritsa

  • kallima, podalariy, poliksina

27. Quyida berilganlar orasidan trnaskripsiya jarayoni uchun xos to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) dezoksiribonukleotidlarning dezoksiribonukleotidlarga komplementarli asosida amlaga oshadi; 2) dezoksiribonukleotidlarning ribonukleotidlarga komplementarligi asosida amlaga oshadi; 3) qizil muxomorda yadroda amalga oshadi; 4) g‘o‘za gommozida yadroda amalga oshadi.

  • 1, 3

  • 1, 4

  • 2, 4

  • 2, 3

28. Quyidagilar orasidan qon aylanish sistemasiga xos to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) Nereidaning qorin qon tomiridan qon tananing orqa tomoniga qarab oqadi. 2) Qizil chuvalchangning yuragida arterial qon oqadi. 3) Daryo qisqichbaqasining yurak devoridagi 3 juft teshikcha orqali venoz qon o‘tadi. 4) Chupchikning naysimon yuragidan bosh tomonga kalta aorta qon tomiri chiqadi. 5) Kasatkaning yuragida faqat venoz qon bo‘ladi.

  • 2, 5

  • 3, 4

  • 1, 4 

  • 1, 5

29. Yoz oylarida ko‘p terlash natijasida ko‘p suyuqlik yo‘qotishi uning ichki muhiti kimyoviy tarkibining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Bu o‘zagaruvchanlikning qaysi turiga misol bo‘ladi?

  • genotipik-ontogenetik 

  • fenotipik-ontogenetik 

  • genotipik-rekombinativ

  • fenotipik-modifikatsion

30. Yarimsharlar po‘stlog‘ining qaysi qismida tana terisining sezgi markazlari joylashgan?

  • yarimsharlar po‘stlog‘i tepa qismining oldingi markaziy pushtasida 

  • yarimsharlar po‘stlog‘i tepa qismining orqa markaziy pushtasida 

  • yarimsharlar po‘stlog‘i peshana qismining ostki ichkari sohasida 

  • yarimsharlar po‘stlog‘i chakka qismining pastki sohasida 

31. “Bo‘ri va tulkilar tovushqonlar bilan oziqlanadi. Ular o‘rtasida oziq uchun raqobat kuzatiladi”. Yuqoridagi munosabat ekologiyaning qaysi bo‘limi tomonidan o‘rganiladi?

  • demekologiya

  • autekolgiya

  • tarixiy ekologiya

  • sinekologiya

32. Odam qon aylanish sistemasiga xos to‘g‘ri ma’lumot berilgan qatorni aniqlang.

  • Kichik qon aylanish doirasida arteriya qon tomirida arteriya, vena qon tomirida vena qoni bo‘ladi.

  • Minimal bosim vujudga kelganda, bo‘lmachalar sistola holatida, yarimoysimon klapnlar ochiq bo‘ladi.

  • Uch tabaqali klapn orqali arterial qon o‘tayotganda, qorinchalar diastola holatida bo‘ladi.

  • Kovak venalar orqali arterial qon o‘ng bo‘lmachaga quyiladi.

33. Quyida berilganlar orasidan tarixiy metod uchun xos bo‘lganlarini aniqlang. a) ushbu metod yordamida evolutsion nazariya yaratildi; b) ushbu metod yordamida biogenetic qonun yaratilgan; c) biologik hodisalarni chuqurroq tadqiq qilish imkonini beradi; d) chuqur sifatiy o‘zgarishlarga sabab bo‘luvchi omillarni o‘rganadi.

  • a, b 

  • b, d

  • a, с

  • b, c

34. Qo‘shni hujayralarning endoplazmatik to‘rlari bir-biri bilan tutashgan organizmlarni toping. a) shampinion, b) latcha, c) g‘o‘za gommozi, d) vertitsil, e) kamxastak, f) qobon, g) betaga, h) pseudomanas

  • a, d

  • c, h

  • b, f

  • e, g

35. Timus uchun xos xususiyatlarni aniqlang. 1) timozin garmonini ishlab chiqaradi; 2) tiroksin garmonini ishlab chiqaradi; 3) jinsiy bezlar faoliyatini nazorat qilishda epifizga qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi; 4) immun sistema faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; 5) katta yoshli odamdagi eng yirik bez hisoblanadi; 6) jinsiy bezlar funksiyasini pasaytirib, bolani vaqtidan oldin balog‘atga yetishiga imkon bermaydi.

  • 1, 3, 6

  • 2, 4, 5

  • 1, 4, 6

  • 2, 3, 5

36. O‘simliklarda yirik yadroli, yupqa nozik po‘stli (a), bir qavat zich joylashgan shaffof (b), tirik, cho‘ziq, qalin qobiqli, xloroplastga ega (d) hujayralardan tashkil topgan to‘qima turlarini aniqlang.

  • a - asosiy, b - epiderma, d - sklerenxima

  • a - meristema, b - epiderma, d - kollenxima

  • a - meristema, b - epiderma, d - sklerenxima

  • a - asosiy, b - epiderma, d - kollenxima

37. Eritrotsitlari tarkibida faqat aglyutinogen B bo‘lgan odam qaysi qon guruhlar uchun retsiyipent bo‘la oladi?

  • I va II

  • II va III

  • III va IV

  • I va III

38. Gulqo‘rg‘oni oddiy, gultojsimon, asosiy ildizi nobud bo‘ladigan o‘simliklar berilgan javobni toping. a) saksovul, b) olg‘i, c) Suvorov, d) cherkez, e) itsigak, f) matur, g) Turkiston ismalog‘i, h) anzur, j) olabo‘ta, i) oqquray

  • a, g, h, i

  • b, d, e, j

  • a, d, g, j

  • b, c, f, h

39. Daraxt po‘stlog‘ida yashil-sarg‘ish (a) va sariq (b) qoplam hosil qiluvchi lishaynikni aniqlang.

  • a - Xantoriya pariyentina; b - Usneya barbata

  • a - Evernia prunastri; b - Usneya barbata

  • a - Usneya barbata; b - Xantoriya pariyentina

  • a - Usneya barbata; b - Evernia prunastri

40. Hayotning anorganik moddalardan abiogen molekular evolutsiya natijasida hosil bo‘lishi to‘g‘risidagi nazariyaga asosan to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtiring. Расположите 1-ammiak, 2-koatservat, 3-aminokislota, 4-protobiont, 5-protenoidlar, 6-matritsali sintez, 7-kofermentlar, 8-eukariotlar, 9-prokariotlar

  • 1, 3, 4, 2, 5, 7, 6, 9, 8

  • 1, 3, 5, 2, 4, 6, 7, 9, 8

  • 1, 3, 5, 2, 7, 4, 6, 9, 8

  • 1, 3, 5, 2, 4, 7, 6, 9, 8

41. Habashiston biogeografik viloyatida tarqalgan chap aorta ravog‘iga ega organizmlarni aniqlang.

  • yovvoyi bankiv tovuqlari, qirg‘ovullar, tovuslar

  • kolibri, yapaloq qush, nektarxo‘rlar, sezarkalar

  • gibbonlar, antilopalar, tapirlar

  • martishkalar, nosoroglar, lemurlar

42. Yuragida uch xil qon bo‘ladigan, gastrulyatsiya qat-qat joyashuv yo‘li bilan amalga oshadigan organizmlarni toping. a) alligator, b) kvaksha, d) ko‘rgalak, e) maral, f) xameleon, g) povituxa, h) brontazavr, i) triton, j) qizilto‘sh

  • b, g, i

  • a, f, h

  • d, e, j

  • a, e, i

43. Bosh miyaning qaysi bo‘limi himoya reflekslari markazi (a), qo‘lning nozik harakatlarini (b) boshqaruvchi markaz hisoblanadi?

  • a – o‘rta miya; b – uzunchoq miya

  • a –uzunchoq miya; b – miyacha

  • a – oraliq miya; b – miyacha;

  • a - uzunchoq miya; b – o‘rta miya

44. Noto‘g‘ri fikrni aniqlang.

  • Limfa suyuqligi tarkibida shaklli elementlar uchramaydi.

  • Limfa suyuqligi to‘qimalardagi ortiqcha suyuqlikdan hosil bo‘ladi.

  • Timozin garmoni limfotsitlar hosil bo‘lishini kuchaytiradi.

  • Limfa sistemasi uchi berk kapillarlardan boshlanadi.

45. Nafas olish sistemasi traxeyalardan iborat bo‘lgan bilvosita rivojlanadigan organizmlarni aniqlang. 1) kana; 2) qandala; 3) bo‘ka; 4) mita; 5) trixrogramma; 6) temirchak.

  • 1, 2, 5

  • 3, 4, 5

  • 1, 3, 5

  • 2, 4, 6

46. Hayvonot olamidagi fiziologik (a), etologik (b) moslanishlar to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.

  • a – tulenlar qonida gemoglobindan tashqari mioglobin kislorod tashishda ko‘proq qatnashadi; b – som balig‘i ko‘payish davrida suv o‘simliklaridan uya quradi.

  • a - sahro kalamushida suv manbai sifatida zaxira yog‘ toplanadi; b – povituxa otalangan tuxumlarini orqasida opichlab yuradi.

  • a - termitlarda ayirish mahsulotlarining maksimal darajada kristallanishi; b – povituxa otalangan tuxumlarini qorin tomoniga yopishtirib yuradi. 

  • a – toshbaqa suv tanqis davrda uyquga ketadi, b – sahro baqasi maxsus siydik pufagida suvni zaxiralaydi.

47. Ikki urug‘pallali o‘simliklar sinfiga mansub qaysi oilalarda barglar yonbargli (a) va yonbargsiz (b) bo‘lishini aniqlang. 1) ra’nodoshlar, 2) karamdoshlar, 3) sho‘radoshlar, 4) gulxayridoshlar, 5) loladoshlar, 6) burchoqdoshlar, 7) ituzumdoshlar, 8) qovoqdoshlar, 9) tokdoshlar, 10) qoqio‘tdoshlar

  • a – 1, 4, 6, 9; b – 2, 3, 7, 8

  • a - 1, 6, 9, 10; b – 3, 5, 7, 8

  • a – 2, 4, 7, 9; b – 1, 3, 6, 10

  • a – 2, 4, 8, 9; b – 1, 3, 5, 10

48. Quyidagi oqsillarni vazifasiga ko‘ra juftlang. 1) geparin; 2) revertaza; 3) vazopressin; 4) keratin; 5) fibrinogen. a) himoya; b) garmon; c) ferment; d) plastik funksiya.

  • 1 – a, 2 – c; 3 – b; 4 – d

  • 2 – c; 3 – b; 4 – d; 5 – a

  • 2 – b; 3 – d; 4 – c; 5 – a

  • 1 – b 2 – a; 4 – d; 5 - c

49. Yuz nervi shamollaganida yuzning bir tomoni va og'izning chakkasi tortilib qoladi. Bu holat nima deb ataladi?

  • nevrit

  • nevralgiya

  • ganglionit

  • neyrogliya

50. Har xil turkumga mansub (a) va bir turkumga mansub (b) organizmlarni aniqlang. 1) misr g‘o‘zasi va oddiy g‘o‘za; 2) jag‘-jag‘ va achambiti, 3) sibir bug‘usi va vapiti; 4) qoramtir ikki nuqtali tugmacha qo‘ng‘iz va qizg‘ish ikki nuqtali tugmacha qo‘ng‘iz; 5) Amerika tog‘ qo‘yi va muflon

  • a - 1, 2; b – 3, 5

  • a – 3, 4; b - 1, 5

  • a – 4, 5; b – 2, 3

  • a - 3, 5; b – 2,4


Календарь

«    Ноябрь 2024    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
Подпишитесь на нашу рассылку!
Мы не спамим
Sizga qaysi fandan testlar kerak?