1. 10-sinf o‘quvchisining ota-onalari sizning oldingizga kelishdi. Ular 3-chorak yakuni bo‘yicha siz qo‘ygan bahodan norozi. Ular bu bahoni xaqqoniy qo‘yilmagan deb hisoblashadi, sizni adolatsizlikda ayblashadi. Sizning xatti-harakatingiz nimalardan iborat bo‘lishi kerak? 1) o‘zimni xotirjam tutaman, suhbatni o‘z qo‘limga olaman. 2) ota-onani tinchlantirishga harakat qilaman, o‘quvchi haqida yaxshi fikrlar aytaman. 3) men keyingi chorakda darsdan keyin qo‘shimcha darslar o‘tib, yordam berishni taklif qilaman 4) chorak davomida bolaning qanday o‘qiganligi, qanday qiyinchilik va muammolarga to‘qnash kelgani va biz birgalikda qanday qilib vaziyatdan chiqqanimizni aytib beraman. 5) Ota-onalardan qanday takliflari borligini, mening o‘rnimda nima qilishini va o‘zi nima qilishga tayyorligini so‘rayman, keyin biz hamkorlikdagi harakatlar rejasini tuzib olamiz.
1, 4, 5
2, 3, 4
1, 3, 5
2, 4, 5
2. Oʻqituvchi oʻquvchilarga matn mazmunini tushunishga yordam beradigan savollar tuzish va umumlashtirishdan foydalanishni oʻrgatdi. Keyin oʻqituvchi oʻquvchilarga oʻrganganlari asosida matnni muhokama qilishni taklif qildi. Oʻqituvchi muhokama jarayonini kuzatdi va faqat kerak boʻlgandagina maslahatlar berdi. Ushbu yondashuv quyidagi maqsadlarning qaysi biriga erishishda eng samarali boʻlishi mumkin?
oʻquvchilarning individual taʼlim uslublarini hisobga olish
mustaqil boʻlish, oʻqish va oʻrganish uchun javobgarlikni oshirish
oʻquvchilarning ifodali oʻqish malakalarini shakllantirish
muloqot jarayonida oʻquvchilarning oʻz tengdoshlaridankoʻmak olishi
3.
Sinfdagi oʻquvchilar soni 40dan oshiq va sinf xonasining oʻlchamlari esa oʻquvchilarni sinfda erkin harakatlanishi va partalarni turli shaklda joylashtirish imkonini bermaydi. Oʻquvchilarning oʻzaro faol ishlashi, bir birlari bilan fikr almashishlari va barcha oʻquvchilarni jalb etish uchun siz qanday yoʻl tutasiz?
oʻquvchilarni kichik guruhlarga birlashtiraman va har bir oʻquvchi faol ishtirok etishini taʼminlayman
oʻquvchilar “P” shaklida joylashtiriladi va munozara (diskussiya) usulidan foydalanaman
oʻquvchilar doira/yarim doira shaklida joylashtiriladi, har bir oʻquvchi oʻzining fikrlarini bildiradi
partadosh oʻquvchilar oʻzaro fikr almashadilar, keyin esa orqa oldi juftliklar oʻzaro javoblarini solishtiradilar
4.
Hamkasblaringizdan biri oʻquvchilarning oʻzida kechayotgan kognitiv jarayonlarini tahlil qila olish koʻnikmasini rivojlantirishni rejalashtirgan. Oʻquvchilarda ushbu koʻnikmani shakllantirishda siz hamkasbingizga qanday maslahat bergan boʻlardingiz?
oʻquvchilarga mustaqil ravishda oʻzlashtirish natijalarini doimiy belgilab borishlarini oʻrgatish
oʻz oʻzini baholash orqali oʻzida qanday koʻnikmalar qay darajada shakllanayotganligini tekshirib borish
imkon qadar oʻquvchiga uning kognitiv jarayonlari haqida maʼlumot berib borish
dars soʻngida doimiy ravishda baholashni amalga oshirib borish
5. Noan’anaviy dars turlari ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.
o‘tilgan materiallarni mustahkamlash, kirish darsi
integratsiyalashgan, aralash dars
yangi bilimlarni bayon qilish, nazorat darsi
dars-ekskursiya, auksion-dars
6. Muayyan millatga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rganuvchi fan:
Milliy psixologiya
Sotsial psixologiya
Oila psixologiyasi
Etnopsixologiya
7. Oʻqituvchi oʻquvchining yomon hulqi sababli uning bilimiga “2” baho qoʻydi va bu holat oʻquvchining noroziligiga sabab boʻldi. Bu vaziyatda baholashni qaysi tamoyili buzildi?
ochiqlik shaffoflik
adolatlilik
bagʻrikenglik
ishonchlilik
8. Darsda o‘qituvchi o‘quvchilarni javobini o‘z-o‘ziga baholash uchun imkoniyat berdi. Bu bilan u o‘quvchilarda qanday ko‘nikmalarni shakllantirmoqchi bo‘ldi? 1) tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini 2) tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini 3) ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini 4) mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini 5) ko‘rgazmali fikrlash ko‘nikmalarini
1,2;
3,4;
4,5;
3,5.
9. O‘qituvchi doskada yozayotganida imlo xatoga yo‘l qo‘ydi. Uning xatosiga bir nechta o‘quvchilar kulishdi. Buning natijasida o‘qituvchi asabiylasha boshladi va o‘quvchilarga qo‘pol muomalada bo‘ldi. Sizningcha, o‘qituvchi ushbu vaziyatda o‘zini qanday tutishi kerak edi?
vaziyatga sovuqqonlik bilan yondashib, kulgan o‘quvchilarni o‘rnidan turg‘azishi va ularga nisbatan jazo choralarini Qo‘llashi kerak
o‘quvchilar bilan xato ustida birgalikda kulib, “xato qilish hammaga xos, ammo uni tan olib tuzatish mardlik”. ‑ deb aytishi kerak
o‘qituvchi doskaga xatoni o‘quvchi-larning ziyrakligi va savodxonligini ataylab sinash maqsadida yozganini aytishi kerak
o‘quvchilarning bunday xulqiga nisbatan ularning kundaliklariga e’tirozlarini bildirib, ota‑onalarning e’tiborini qaratishi kerak
10. O‘qituvchining ma’naviy qiyofasini ifodalovchi sifatlarni ko‘rsating.
ijodkorlik, bilimlilik, intiluvchanlik
kamtarlik, insonparvarlik, sofdillik
yetakchilik, maslakdoshlik, boshqaruvchilik
professionallik, tirishqoqlik, tadqiqotchilik
11. O‘rta Osiyo o‘lkasida qanchaga yaqin o‘simlik turi bor?
9000 ga yaqin
15000 ga yaqin
11000 ga yaqin
21000 ga yaqin
12. Quruqlik suvlari umumiy gidrosfera suvlarining necha foizini tashkil qiladi?
0.055
0.076
0.035
0.082
13. O‘rta Osiyo daryolari to‘yinishiga qarab nechta guruhga bo‘linadi?
4 ta
3 ta
5 ta
6 ta
14. . Yer sharidagi eng balandda joylashgan ko‘lni toping?
Titikaka
Tanganika
Marakaybo
Michigan
15. Olimlarning fikricha Yer ichiga chuqur tushgan sari harorat har 1000 metrda qancha gradusga ko‘tariladi?
43 °C
33 °C
25 °C
30 °C
16. Atlantika okeani shimoldan janubga qancha masofaga cho‘zilgan?
12 ming km
17 ming km
15 ming km
11 ming km
17. . Geografik xaritalarda 0-200 metrgacha bo‘lgan pasttekisliklar qanday rangda beriladi?
to‘q jigarrangda
sariq rangda
jigarrangda
yashil rangda
18. Atmosfera quyi qatlami–troposferaning katta hududlar ustidagi bir-biridan farq qiluvchi katta ko‘lamdagi to‘plamlari nima deyiladi?
havo massalari
havo frontlari
siklonlar
antisiklonlar
19. Quyidagilardan muzlik va qor suvlaridan to‘yinadigan daryolarni toping?
Murg‘ob, Tajan, Atrek, G‘uzordaryo, Sheroboddaryo, Sarisuv, Nura, To‘rg‘ay daryolari
Ohangaron, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi va Nurota tog‘lari etagidagi adirlarda oquvchi daryolar
Amudaryo, Zarafshon, So‘x, Isfayramsoy, Chu, Ili, Lepsa, Oqsuv
Sirdaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Qoradaryo, Tarim
20. Azimutlar necha gradusgacha soat mili yo’nalishi bo’yicha o’lchanadi?
0 dan 270 gradusgacha
0 dan 180 gradusgacha
0 dan 360 gradusgacha
90 dan 360 gradusgacha
21. Sayyoralarning yulduzlardan farqi nimada?
Ular nur sochmaydi, Quyoshdan keladigan nurni qaytaradi
Ularning yo‘ldoshlari bo‘lmaydi, Yer orbitasining ichki qismida bo‘ladi
Ular nur sochadi va o‘z o‘rinlarini tez-tez almashtirib turadi
Ular Quyoshning tortishish kuchi ta’sirida doimiy nur sochib turadi
22. Sanoat korxonalari va qishloq xo‘jaligi ekinlari, transport yo‘llari qanday xaritalarda tasvirlanadi?
ijtimoiy-ma’muriy geografik xaritalarda
siyosiy-ijtimoiy geografik xaritalarda
siyosiy-ma’muriy geografik xaritalarda
ijtimoiy-iqtisodiy geografik xaritalarda
23. “Fiat” avtomobil korxonasi qaysi davlatga joylashgan?
GFR
Shvetsiya
Italiya
Chexiya
24. Bir tomonga esadigan shamollar ta’sirida okean suvining necha metrgacha qalinlikdagi yuza qatlami harakatlanadi?
1800 m
1500 m
1900 m
1100 m
25. Fransiya, Vengriya, Ruminiya, Norvegiya, Islandiya – bu davlatlar uchun xos bo‘lgan xususiyati qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
qora metallurgiya rivojlangan
bu davlatlar hududlarida 80 dan ortiq AESlar bor
alyuminiy sanoati rivojlangan
mis sanoati rivojlangan
26. Geveya nima?
sholi o‘simligi
paxta daraxti
tabiiy kauchuk
sun’iy tola
27. O‘zbekiston Respublikasi yer maydonining kattaligi jihatidan dunyo mamlakatlari orasida nechanchi o‘rinni egallaydi?
53 o‘rinni
45 o‘rinni
55 o‘rinni
58 o‘rinni
28. Antarktika (janubiy sovuq o‘lka)ning maydoni qanchaga teng?
42,5 mln kv km
63,5 mln kv km
38,5 mln kv km
52,5 mln kv km
29. O‘zbekistonning tekislik va tog‘lik qismida bir yilda necha kun yog‘inli bo‘ladi?
tekislik qismida 25-30 kun, tog‘larda 80-85 kun
tekislik qismida 35-40 kun, tog‘larda 70-90 kun
tekislik qismida 20-30 kun, tog‘larda 60-75 kun
tekislik qismida 30-445 kun, tog‘larda 80-90 kun
30. Quyidagilar orasidan Buxoro shahriga xos xususiyatlarni toping? 1. "O‘zbekto‘qimachilikmash" birlashmasining korxonasi bor 2. temir-beton ishlab chiqaradi 3. shahar atrofida kumush konlari topildi 4. silikat bloklari ishlab chiqaradi
2, 3, 4
3 va 4
2 va 4
1 va 3
31. Yevropa qit’asidagi qaysi davlatlar to‘liq orollarda joylashgan?
Litva, Norvegiya, Italiya, Finlandiya
Ispaniya, Fransiya, Shvetsiya, Portugaliya
Buyuk Britaniya, Irlandiya, Islandiya, Malta
Vengriya, Daniya, Ruminiya, Shvetsariya
32. O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi nechta pog‘onadan tashkil topgan?
5 ta
4 ta
3 ta
1 ta
33. O‘zbekistonda mavjud ishlatilayotgan suvlarning necha foizi sug‘orishga sarflanadi.
90,1 foizi
80,5 foizi
75,6 foizi
83,3 foizi
34. Induizm dini keng tarqalgan davlatni toping?
Nepal
Mangoliya
Butan
Myanma
35. Buyuk Turkmanboshi cho‘qqisi O‘zbekiston hududida qanday nomlanadi?
Ayribobo
G‘alaba
Zarkosa
Xontangri
36. Janubiy yarim sharning o‘rta kengliklarida joylashgan qaysi davlatlar asosiy bug‘doy ekiladigan hudud hisoblanadi?
Avstraliya, Argentina, Braziliya
JAR, Paragvay, Namibiya
Chili, Yangi Kaledoniya, Botsvana
Urugvay, Zimbabve, Madagaskar
37. G‘arbiy Yevropadagi qaysi davlat kaliy tuzlari koni bilan mashhur hisoblanadi?
Belgiya
Germaniya
Fransiya
Buyuk Britaniya
38. O‘zbekiston daryolari energiya resurslari jihatidan O‘rta Osiyoda nechanchi o‘rinda turadi?
6
4
5
3
39. Turli xil yoqilg‘ilarni qazib chiqarish va ishlab chiqarilgan energiyaga hamda ulardan iqtisodiyotda foydalanish nisbatiga nima deyiladi?
yoqilg‘i-energetika balansi
issiqlik -energetika balansi
shartli yoqilg‘i
shartli energetika
40. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zni toping: ..... – biologik xilma-xillikni saqlash va bir vaqtda mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash maqsadida tabiiy va madaniy landshaftlar muhofaza qilinadigan joy?
biosfera rezervati
qo‘riqxona
milliy bog‘
buyurtmaxona
41. 1498-yilda Afrikani aylanib o‘tib, Yevropadan Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini ochgan sayyoh?
Xristofor Kolumb
Vasko da Gama
Fernan Magellan
Nikitin
42. Nurota, Turkiston va Zarafshon tizma tog‘lari qaysi viloyat atroflarini o‘rab olgan?
Jizzax
Sirdaryo
Qashqadaryo
Samarqand
43. AQSh ning qaysi shtatida yadro qurollarini sinovdan o‘tkazish joylari bor?
Montana
Nevada
Texas
Kaliforniya
44. Yer o‘z o‘qi atrofida aylanganda aylanish o‘qi orbita tekisligiga nisbatan necha gradus burchak hosil qiladi?
65,5˚
56,5˚
23,5˚
66,5˚
45. Qaysi iqtisodiy geografik rayonning maydoni O‘zbekiston maydonining qariyb 10 foiziga teng?
Quyi Amudaryo
Mirzacho‘l
Zarafshon
Janubiy
46. 2012-yilda uzunligi 116 km bo‘lgan qaysi avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi?
Guliston-Ohangaron
Bekobod-Xovos
Qarshi-Kitob
Toshkent-Samarqand
47. Quyosh sistemasi Galaktika markazi atrofida qancha tezlik bilan harakatlanadi?
180-240 km/s
230-250 km/s
200-220 km/s
150-180 km/s
48. Sharg‘un ko‘mir koni qaysi tumanda joylashgan?
Oltinsoy
Uzun
Sherobod
Sariosiyo
49. Kumtor oltin koni qaysi davlat hududida joylashgan?
Avstraliya
Qirg‘iziston
AQSh
Turkiya
50. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 90% ga yaqinini nima beradi?
GES
IES
AES
Quyosh energiyasi