1. “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”. Bu huquq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida belgilangan?
40-modda
50-modda
44-modda
60-modda
2. Maktabda aynan otalar bilan suhbat o‘tkazishdan maqsad …
bola tarbiyasi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish
bola va uning oilaviy muhitini chuqur o‘rganish
bolani stress holatidan chiqarish
bolaning emosional va fiziologik holatini o‘rganish
3. Bugungi mavzu asosan tushuntirish metodi orqali oʻtilishi rejalashtirilgan. Oʻquvchilar mavzuni samarali oʻzlashtirishlari uchun siz sinfdagi partalarni qanday shaklda joylashtirgan boʻlardingiz?
partalarni anʼanaviy shaklda joylashtiraman
partalarni “P” shaklida joylashtiraman
partalarni doira shaklida joylashtiraman
partalarni ikkita yarim doira shaklida joylashtiraman
4.
Oilaning asosiy vazifasi ... .
bolaning ijtimoiylashuvi
farzand tarbiyasi
bolaning jismoniy rivojlanishi
bola ta'limi
5. Noan’anaviy dars turlari ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.
o‘tilgan materiallarni mustahkamlash, kirish darsi
integratsiyalashgan, aralash dars
yangi bilimlarni bayon qilish, nazorat darsi
dars-ekskursiya, auksion-dars
6. Dars rejasini tuzishda asosiy e’tiborni nimalarga qaratishi lozim?
vaqt me’yorlari va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga
AKT usul va vositalaridan doimiy foydalanishga
darslikda berilgan nazariy hamda amaliy topshiriqlarga
o‘quvchilar o‘rtasida gender tenglikni ta’minlashga
7. O‘qituvchining kasbiy o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir qiladigan asosiy omillarga nimalar kiradi? 1) ijtimoiy hayotning ta’siri 2) oilasidagi sog‘lom muhit 3) salohiyatli jamoani ta’siri 4) jamoadagi sog‘lom muhit 5) rahbarning bergan motivasiyasi
2, 4
3, 5
1.3
4.5
8. O‘qituvchi uyga vazifa tariqasida o‘quvchilarga kompyuterda bajariladigan mustaqil ish berib uni har bir o‘quvchi tayyorlab kelishini tayinlagan edi. Lekin sinfda 4 ta o‘quvchining kompyuteri yo‘qligi sababli ular bu topshiriqni bajara olishmadi. Ushbu holatda o‘qituvchi qanday yo‘l tutishi kerak?
kompyuteri bor o‘quvchilarni kompyuteri yo‘q o‘quvchilarga biriktirib qo‘yishi kerak
kompyuter yordamida bajariladigan topshiriqlardan voz kechishi kerak
kompyuter yordamida bajariladigan topshiriqlarni maktabda bajarishi kerak
bunday topshiriqlarni faqatgina kompyuteri bor o‘quvchilarga berishi kerak
9. O‘qituvchining kasbiy kuyishi deganda nimani tushunasiz?
kasbiy faoliyati davomida o‘zini qiziqtirmagan ishlar bilan muntazam shug‘ullanishi
yuqori lavozimda ko‘p yillar mobaynida faoliyat yuritilishi
ishdagi surunkali stress natijasida hissiy, aqliy va quvvat resurslarining tugashi
mas’uliyatli va kuchli bilim talab qilinadigan ishlarni yuklanilishi
10. O‘quvchilar jarayon va ob’ektlarni bevosita kuzatish orqali o‘rganishlarini tashkil etishda quyidagi usullardan qaysi biri samarali hisoblanadi?
loyihaviy yondashuv
muammoli o‘qitish
“case study”
ekskursiya
11. Quruqlik yuzasidagi mutlaq balandligi bir xil bo‘lgan nuqtalarni xaritalarda tutashtirib turuvchi chiziqlar nima deyiladi?
gorizontallar
meridianlar
parallellar
bergshtrixlar
12. Azimutlar necha gradusgacha soat mili yo’nalishi bo’yicha o’lchanadi?
0 dan 270 gradusgacha
0 dan 180 gradusgacha
0 dan 360 gradusgacha
90 dan 360 gradusgacha
13. Quruqlik suvlari umumiy gidrosfera suvlarining necha foizini tashkil qiladi?
0.055
0.076
0.035
0.082
14. O‘rta Osiyo daryolari to‘yinishiga qarab nechta guruhga bo‘linadi?
4 ta
3 ta
5 ta
6 ta
15. 22-iyunda Quyosh shimoliy yarimsharda nechanchi gradus shimoliy kenglikda tik tepaga ko‘tariladi?
23.5
21.5
40.5
65.5
16. Sayyoralarning yulduzlardan farqi nimada?
Ular nur sochmaydi, Quyoshdan keladigan nurni qaytaradi
Ularning yo‘ldoshlari bo‘lmaydi, Yer orbitasining ichki qismida bo‘ladi
Ular nur sochadi va o‘z o‘rinlarini tez-tez almashtirib turadi
Ular Quyoshning tortishish kuchi ta’sirida doimiy nur sochib turadi
17. Xarita andazalari necha xil bo‘ladi?
4 xil, teng burchakli, teng maydonli, teng shtrixli, ixtiyoriy andazalar
3 xil, teng burchakli, teng maydonli, ixtiyoriy andazalar
4 xil, teng burchakli, teng maydonli, ixtiyoriy, murakkab andazalar
3 xil,teng o‘lchamli, teng burchakli, teng tomonli andazalar
18. Avstraliya materigi ichki suvlarining necha foiz maydoni oqmas ichki berk havzaga, Tinch okean va Hind okeani havzasiga qaraydi?
60 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 7 % i Tinch okean va 33 % i Hind okeani havzasiga qaraydi
40 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 11 % i Tinch okean va 49 % i Hind okeani havzasiga qaraydi
70 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 7 % i Tinch okean va 23 % i Hind okeani havzasiga qaraydi
35 % maydoni oqmas ichki berk havzaga, 16 % i Tinch okean va 49 % i Hind okeani havzasiga qaraydi.
19. Quyidagilardan muzlik va qor suvlaridan to‘yinadigan daryolarni toping?
Murg‘ob, Tajan, Atrek, G‘uzordaryo, Sheroboddaryo, Sarisuv, Nura, To‘rg‘ay daryolari
Ohangaron, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi va Nurota tog‘lari etagidagi adirlarda oquvchi daryolar
Amudaryo, Zarafshon, So‘x, Isfayramsoy, Chu, Ili, Lepsa, Oqsuv
Sirdaryo, Surxondaryo, Chirchiq, Qoradaryo, Tarim
20. Atmosfera quyi qatlami–troposferaning katta hududlar ustidagi bir-biridan farq qiluvchi katta ko‘lamdagi to‘plamlari nima deyiladi?
havo massalari
havo frontlari
siklonlar
antisiklonlar
21. Dunyo okeani suv yuzasining o‘rtacha yillik harorati necha gradusga teng?
17,54 °C
11,44 °C
21,52 °C
16,63 °C
22. Bentos organizmlar qanday organizmlar hisoblanadi?
Okean suvlari tubida, yotqiziqlar orasida yashaydigan organizmlar
Erkin ko‘chib yuruvchi organizmlar
Suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmlar
Okean suvlarining yuza qismida, quyosh nuri yaxshi tushadigan joylarda yashovchi mitti organizmlar
23. Janubiy yarim sharning o‘rta kengliklarida joylashgan qaysi davlatlar asosiy bug‘doy ekiladigan hudud hisoblanadi?
Avstraliya, Argentina, Braziliya
JAR, Paragvay, Namibiya
Chili, Yangi Kaledoniya, Botsvana
Urugvay, Zimbabve, Madagaskar
24. Fransiya quruqlikda nechta davlat bilan chegaradosh?
8 ta
5 ta
7 ta
6 ta
25. Jahon iqtisodiyotining “qon tomiri” deb nom olgan tarmoq?
sanoat tarmog‘i
qishloq xo‘jaligi
transport tizimi
elektr energetika
26. O‘zbekistonning kimyo sanoati tarkibida nimani ishlab chiqarish salmoqli o’rin egallaydi?
tola, bo‘yoqlar
plastmassa, oynalar
oyna, plastik romlar
mineral o‘g‘itlar
27. Geourbanistika nima?
aholi va shaharlar geografiyasi
siyosiy geografiya
sanoat geografiyasi
davlat chegaralari geografiyasi
28. O‘zbekiston hududiga nima uchun quyosh nuri uning hamma qismlariga bir xil tushmaydi?
shimoldan janubga 925 km cho‘zilganligi uchun
hududida tekisliklarning ko‘p tarqalganligi uchun
janubiy va sharqiy qismlari tog‘liklardan iboratligi uchun
okeanlardan uzoqda joylashganligi uchun
29. Respublikamizning qaysi viloyatlarida temir-beton buyumlari ishlab chiqarilmoqda?
Andijon, Namangan, Farg‘ona
Toshkent, Buxoro, Samarqand
Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo
Xorazm, Surxondaryo, Navoiy
30. Olimlarning taxmin qilishicha mantiyadagi harorat necha gradusga teng?
4500 °C dan yuqori
3500 °C dan yuqori
2000 °C dan yuqori
3000 °C dan yuqori
31. 1993-yil 1-yanvarda dunyo siyosiy xaritasida nima o‘zgarish bo‘ldi?
Chexiya va Slovakiya davlati paydo bo‘ldi
Germaniya davlati ikkiga bo‘lindi
GDR va GFR birlashdi
Yaman XDR va Yaman AR birlashdi
32. Jahon mamlakatlari ichida turistlar eng ko‘p tashrif buyuradigan davlat qaysi?
Shvetsariya
Italiya
Fransiya
Malayziya
33. Qaysi davlatda dunyodagi eng uzun sug‘orish kanali bor?
Xitoy
Misr
Eron
Turkmaniston
34. Glyatsiologiya fani nimani o‘rganadi?
qor va muzlarni tadqiq etadi
ko‘p yillik muzloq yerlarni
gidrosferani tuzilishini
tirik organizmlarni
35. Jahon yer fondining umumiy hajmi qancha gektarga teng?
15 mlrd gektar
13,4 mlrd gektar
12,8 mlrd gektar
14,6 mlrd gektar
36. Quyidagi chorvachilik tarmoqlarining qaysi biri O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatida bor?
qo‘ychilik
parrandachilik
echkichilik
yilqichilik
37. O‘rta Osiyolik Nosir Xisrav Yer sharining qaysi hududlariga sayohat qilib, juda ko‘p geografik ma’lumotlar to‘plagan?
Janubi-g‘arbiy Osiyo va Shimoli-sharqiy Afrika
Janubi-sharqiy Osiyo va Sharqiy Afrika
Sharqiy Osiyo va sharqiy Yevropa
G‘arbiy Osiyo va Afrikaning markaziy va sharqiy qismlariga
38. Muzliklar quruqlikning qancha maydonini egallaydi?
0.11
0.25
0.16
0.095
39. “Litosfera plitalari tektonikasi” girotezasini kimlar ishlab chiqqan?
A.Vegener va J.Oliver
L.Sayks va J.Oliver
R.Dekart va I.Kant
l.Sayks va R.Laplas
40. Dunyo okeani qirg‘oqlarining 50 km gacha bo‘lgan qismlarida dunyo aholisining necha foizi yashaydi?
0.27
0.35
0.18
0.42
41. “Uch dengiz osha sayohat” asarini kim yozgan?
V.Yanszon
X.Kolumb
A.Nikitin
A.Vispuchi
42. Avstraliya materigi qaysi sayyoh tomonidan kashf qilindi?
1607-yilda Merkator
1654-yilda Maklayn
1641-yilda Tasman
1605-yilda Yanszon
43. Tug‘ilishning o‘limga nisbatan pastligini Yevropaning qaysi davlatlarida kuzatish mumkin?
Finlandiya, Daniya, Iroq
Germaniya, Ukraina, Serbiya
Gruziya, Italiya, Turkiya
Chexiya, Fransiya, Vatikan
44. Jahon yer fondining 33% ini qanday yerlar tashkil etadi?
ishlov beriladigan yerlar
yaylovlar
unumsiz yerlar
oʻrmonlar
45. Yalpi sanoat mahsulotining hajmi bo‘yicha AQSh jahonda qaysi davlatdan keyin 2-o‘rinda turadi?
Germaniya
Xitoy
Rossiya
Yaponiya
46. Tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida aholisi soni qancha boʻlgan aholi punktlari kiritilishi mumkin?
3 ming
7 ming
5 ming
10 ming
47. Karpat tog‘ida igna bargli o‘rmonlar necha metr balandlikda joylashgan?
2000-2300
3000-3200
2500-3500
2000-2500
48. Mamlakatimizda mehnatda band aholining 9,5 foizi qaysi tarmoqda faoliyat yuritadi?
qurilish
sogʻliqni saqlash
savdosavdo
ta’lim
49. Qorako‘l qo‘ylari qaysi viloyatlarda boqilmaydi?
Xorazm, Samarqand, Sirdaryo
Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan
Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy
Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo
50. Sirdaryo viloyatining qaysi shahri 1957-yilda tashkil topgan?
Guliston
Shirin
Xovos
Yangiyer